Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

3.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy 

mazmuni. Muik obyektlari va subyektlari

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining 

asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining

91



mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va m a’naviy 

ne’matlami ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish 

jarayonlarida  vujudga  keladi.  Shunday  ekan, 

mulkchilik  munosa­

batlari -  bu  mulkka  egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va 

o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosa- 

batlardir.

Mulkka 


egalik  qilish 

mulkning  egasi  qo‘lida  saqlanib  turishini 

bildiradi  va  Yaratilgan  moddiy  boyliklami  o‘zlashtirishning  ijti­

moiy  shaklini  ifodalaydi.  Ayrim  hollarda  mulkka  egalik  qilish 

uning  egasi  ixtiyorida  saqlangan  holda,  undan  amalda  foydalanish  esa 

boshqalar qo‘lida bo‘ladi.  Bunga  ijaraga  berilgan mol-mulkni  misol 

qilib  keltirish  mumkin.  Mulkdan 

foydalanish 

-   bu  mol-mulkning 

iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. 

Mol-mulkni 



o‘zlashtirish 

yuz berganda u daromad olish uchun yoki 

shaxsiy  ehtiyojni  qondirish  uchun  ishlatilishini  bildiradi.  Mulkni 

tasarruf etish 

-  bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U 

mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi 

holatlami erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo‘ladi.

Mulkchilik  munosabatlarining  iqtisodiy  mazmunini  uning  ajral- 

mas  jihatlari  (egalik  qilish,  foydalanish,  o‘zlashtirish  va  tasar­

ruf etish)  belgilab  bersada,  bu  munosabatlar  tavsifi  nafaqat  alohida 

mulk  shakllarida,  balki  bitta  mulk  shakli  doirasida  ham  farqlanishi 

mumkin.  Mulkchilik jamiyatdagi  ham  huquqiy,  ham  iqtisodiy  mu­

nosabatlar  mazmunini  o‘zida  ifodalaydi.  Mulkchilikning  huquqiy 

va iqtisodiy mazmuni  o ‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo  qiladi,  shu 

sababli  mulkchilik bir vaqtda ham  iqtisodiy,  ham huquqiy kategori­

ya  hisoblanadi.  Bu  birlikda,  yuqorida ko‘rsatilganidek,  hal  qiluvchi 

rolni mulkchilikning  iqtisodiy tomoni  egallaydi.  Mulkchilik xo‘jalik 

va  tadbirkorlik  faoliyatining  turli  shakllari  orqali  iqtisodiy jihatdan 

ro‘yobga chiqariladi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaril- 

masa,  ya’ni o ‘zlashtirilmasa,  ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki 

mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya si­

fatida  qoladi.  Boshqa  tomondan,  mulkchilikning  huquqiy jihati  un­

ing iqtisodiy tomoniga nisbatan  faqat bo‘ysunuvchi rol  o ‘ynamaydi. 

Bu shunda ko‘rinadiki,  ishlab chiqarish vositalariga m a’lum huquqiy

92



egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira 

olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan 

foydalana  olmaydi.  Shu  sababli  mulkchilikning  huquqiy  me’yorlari 

(egalik qilish, tasarruf qilish,  foydalanish huquqi)  iqtisodiy munosa­

batlaming aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.

Huquqiy me’yorlar,  bir tomondan,  aynan mulkchilik munosabat- 

larini  muhofaza  qilish  zarurati  bilan  bog‘liq  holda  vujudga  kelsa, 

boshqa  tomondan,  ular  tovar  ishlab  chiqarish  sharoitida  mulkchilik 

munosabatlarini  rivojlantirishda  g‘oyat muhim  rol  o‘ynaydi.  Bu  rol 

shunda ko‘rinadiki,  tovar xo‘jaligi  sharoitida ayrim ijtimoiy qatlam- 

lar  ishlab  chiqarish jarayonida  qatnashmasdan,  ayirboshlash  muno- 

sabatlarida  ishtirok  etib  (masalan,  savdo  vositachilari)  mulkdorga 

aylanish  imkoniyati  paydo  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  mulkchilikning 

huquqiy m e’yorlari,  birinchidan,  ishlab  chiqarish vositalari  va Yara­

tilgan moddiy ne’matlaming muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jis- 

moniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan 

qo‘riqlanadigan  vakolatlarini  va  nihoyat,  uchinchidan,  mol-mulkni 

himoya qilish usullarini belgilab beradi.

Mulkchilik  munosabatlari  uning  obyektlari  va  subyektlari 

bo‘lishini shart qilib qo'yadi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish