lakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p dara-
jada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning
xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi,
butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va mintaqalar xo ‘ jaliklari
o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligi birdaniga shakllangan tizim emas, u uzoq davr-
ni o ‘z ichiga olgan tarixiy jarayon hisoblanadi. Turli mamlakatlar
o ‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar dastlab cheklangan turdagi va miq-
dordagi tovarlar savdosi shaklida kelib chiqib, bu quldorlik va feo-
dalizm davrlarida ham mavjud bo‘lgan. Bunga misol qilib, qadimdan
0 ‘rta Osiyoda joylashgan mamlakatlaming Hidniston, Xitoy, Arab
va boshqa mamlakatlar bilan, ikkinchi tomondan esa, Yevropa mam-
lakatlari bilan “Buyuk ipak yo‘li” orqali olib borgan turli xil savdo-
sotiq ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Ayrim m a’lumotlarga qaraganda Rim imperiyasi davrlarida ham
turli xil xalqaro savdolar, ayniqsa, qul savdosi amalga oshirilgan. Le-
kin u davrda asosan natural ishlab chiqarish hukmron bo‘lib, tovar
lar savdosi va iqtisodiy aloqalar juda cheklangan holda bo‘lgan.
Keyinchalik tovar ishlab chiqarish va tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi, oltinning yagona jahon puli sifatida tan olinishi buyuk
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilikning rivojlanishi, xalqaro
mehnat taqsimotining kuchayishi jahon bozorining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashuvi, globallashuv
jarayonlarining kuchayishi kabi qai.or omillar turli mamlakatlar iqti-
sodiyotini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishga va asta-sekinlik
bilan jahon iqtisodiyoti tizimiga birlashishiga turtki bo‘ldi.
Ayniqsa, hozirgi davrda umumjahon muammolari: sovuq urush-
ning oldini olish va tinchlikni ta’minlash; ekologik buzilishning
oldini olish; cheklangan energiya va yoqilg‘i manbalaridan samarali
foydalanish; energiyaning yangi manbalarini topish (masalan, qu-
yosh energiyasidan foydalanish); rivojlangan va kam taraqqiy etgan
mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni yumshatish; xalqaro
terrorizmga va giyohvandlikka qarshi kurashish kabi muammolami
685
birgalikda hal qilish masalasi milliy xo‘jaliklami jahon xo‘jaligiga
birlashishni zarur qilib qo‘ymoqda. Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik
bilan shakllanishini, uning rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda
yanada ravshanroq ko‘rinadi.
Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuv-
lar mavjud. Ulaming ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishi-
ni 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan,
E. F. Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajra-
tib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlami bayon qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: