21.4. O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish
masalalari
0 ‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy
islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri
hisoblanadi. Zero, izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirili
shi, soliq yukini kamaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlaming ishlab
chiqilishi, soliq to‘lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sha-
roit yaratilishi, ishlab topilgan va ulaming o‘zlarida qoldirilayotgan
mablag‘laming reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo‘shimcha soliq
obyektining paydo bo‘lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo‘qotishlar
o'mining qoplanishi, balki soliq to‘lovchilarning qo‘shimcha daromad-
larga ega bo‘lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Mamlakatdagi soliq tizimining soddalashtirilishi va unifikatsiya
qilinishi, soliq yukining yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazi-
falaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi:
- soliq yukining kamaytirilishi orqali soliq imtiyozlarining ken-
gaytirilishi xorijiy investitsiyalaming jalb qilinishi va iqtisodiyotni
modemizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi;
- soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o‘z
navbatida xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytiradi, biznes uchun
qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida qola-
digan mablag1 lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlaming
ish haqiga yo‘naltirilishiga tavsiya qilinishi, jismoniy shaxslar daro-
madlaridan olinadigan soliq stavkasining oraliq chegaralari bo‘yicha
pasaytirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
bo‘yicha imtiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi daromadla-
rining oshishiga hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi;
- soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to‘lovchilar ixtiyorida
qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik
darajasini oshirish orqali xarid talabining jadal o‘sishini ta’minlaydi;
- soliq sohasidagi islohotlami chuqurlashtirish va soliq yukini ka
maytirish eksportni har tomonlama rag‘batlantirish va valyuta zaxiralari-
ni tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi;
598
-
soliq tizimidagi islohotlami chuqurlashtirish uy-joy kommunal
xo‘jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish hamda energiya resurslari-
dan foydalanishda tejamkorlikni ta’minlash bilan bogiiq chora-tad
birlaming amalga oshirilishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini
ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, aholining real
daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda muntazam ravishda
soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo‘llanilishi o‘z natijala-
rini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to‘lovlami birxillashtirishga katta
e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga,
soliqlami hisoblash va to‘lashga oid korxonalar faoliyatini sodda-
lashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini sama
rali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hoi respublikada
qollaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga mu
vofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.
Faqat 2000-2016-yillar mobaynida mamlakatda daromad solig‘i
38 foizdan 23 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov 40 foizdan 24 foizga,
kichik biznes subyektlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqamv-chilar uchun yagona soliq 5 foizga tushirildi. Jismoniy
shaxslar daromadidan soliq olish stavkasi ham tubdan qayta ko‘rib
chiqildi va kamaytirildi. Natijada 2016-yilga kelib iqtisodiyotda
umumiy soliq yuki 40 foizdan 20,5 foizgacha pasaytirildi. Shunga
muvofiq korxo-nalaming moliyaviy resurslari ham tegishli ravishda
oshdi. Bu o‘z navbatida, investitsiyalaming ko‘payishi, korxonalam-
ing aylanma mablag‘larini to‘ldirish, ishchi va xizmatchilaming ish
haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xiz
mat qilmoqda.
2015-yilda bunday soliq yengilliklari 130 milliard so‘mdan ortiq
mablag‘ni tejash va uni korxonalar ixtiyorida qoldirib, ulaming o‘z
aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modemizatsi
ya qilish va texnologik yangilash, shuningdek, aholi daromadlarini 90
milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini beradi.
2012-yil davomida dastur doirasida oltita muhim qonun, jum
ladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati
599
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, ruxsat
berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobot-
lami qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar maj
muasi qabul qilindi.
Ruxsat berishga oid 80 ta tartib-tamoyil, litsenziyalanishi talab eti-
ladigan 15 ta faoliyat turi bekor qilindi, statistik, soliq va moliyaviy
hisobotlaming shakllari va davriyligi bir yarim-ikki barobar qisqar-
tirildi. Davlat va nazorat qiluvchi idoralaming tadbirkorlik subyek
tlari bilan elektron shakldagi bilvosita aloqasi bosqichma-bosqich
joriy etilmoqda”.
Ma’lumot uzatish, statistika, moliya va soliq hisobotlarining elek
tron shakli va tarmoqlari hayotimizga izchil va tizimli asosda joriy
etilmoqda. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 89 foizdan
ortig‘i soliq hisobotlarini, qariyb 86 foizi statistik hisobotlami elek
tron shaklda topshirmoqda.
Respublikada 2005-2016-yillarda turli soliq stavkalarining
о‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatadiki, yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i 1,7 baravar, dividend (foizlar) shaklida olinadigan daro-
madlardan foyda solig‘i 1,5 baravar, aksiz solig‘i 1,6 baravar, yagona
soliq to‘lovi 2,6 baravar, yagona ijtimoiy to‘lov 1,2 baravar pasay-
tirildi (21.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |