16.2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari
va samaradorligi
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflaming tarkibiy qismlaridan
biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini bel
gilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish
shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati,
omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg‘arish - milliy daromadning bir qismining asosiy va aylan
ma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish
uchun sarflanishidir.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish
bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘laming moddiy ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va
aylanma mablagiarini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqa
rish sohasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |