Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki or-
tishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosi
ta ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi
hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyat
lari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlaming ishlab chiqarish
hajmigabog‘liqbo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijarahaqi,
qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari,
boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |