Mulkchilik munosabatlari
- mulkka egalik qilish, undan foy
dalanish, uni o ‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga kela-
digan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish
- mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishla
tilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlari-
ning bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish
- mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish
- mulkdorlik huquqining uning egasi qo ‘ lida
saqlanib turishi va Yaratilgan moddiy boyliklami o‘zlashtirishning
iqtisodiy shakli.
Mulk obyektlari
- mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari
- mulk obyektini o ‘zlashtirishda qatnashuv-
chilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish
- mulkka egalik qilish huquqining davlatdan
xususiy va boshqa shaxslarga o ‘tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |