Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
- ishlab chiqarish
miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi
takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi
- mamlakat bo‘yicha
Yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi
- ishlab chiqarish soha-
sidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo
bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqa
rishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mah
sulot.
Sof mahsulot
- Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: