26.2. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish
xususiyatlari
Integratsiya jarayonlari obyektiv tavsif kasb yetishiga qaramay, u
o ‘z-o‘zicha, stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil
etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar
ularga kiruvchi mamlakatlar o ‘rtasida qonuniy kelishuv va o‘zaro
shartnomalar asosida amal qiladi.
Hozirda dunyoda juda ko‘plab integratsion guruhlar mavjud. Biz
turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi
tuzilmalami ko‘rsatishimiz mumkin:
- G ‘arbiy Yevropada - Yevropa Ittifoqi (El);
- Shimoliy Amerikada - Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Ameri
ka bitimi (NAFTA);
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasida - Janubiy-Sharqiy Osiyo mam
lakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN).
Do'stlaringiz bilan baham: |