Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyi-
ni yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mah-
rum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi
bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq
mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy
ishsizlikning bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to‘la
bandlik ishchi kuchining 100 foizdan kam qismini tashkil qiluvchi
miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoiti
da ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi.
Siklik ishsizlik nolga teng bolganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsiz
lik darajasiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |