Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli sohalari, tar
moqlari, tomonlari va bo‘limlari o‘rtasidagi miqdor va sifat ji
hatidan muayyan nisbatlardagi o‘zaro moslik bo‘lib, barqaror
ravishda takrorlanib turuvchi doimo rivojlanishda, o‘zgarishda
bo‘ladigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ifodalovchi umumiq-
tisodiy kategoriyadir.
Uning talablarini hisobga olgan holda amalda
qo‘llanishi iqtisodiyotning barqaror, tebranishlarsiz, inqirozlarsiz rivoj-
lanishining muhim sharti hisoblanadi.
Bu iqtisodiy kategoriyaning obyektiv xarakteri shundaki, kishilar
tomonidan uni mensimaslik, e ’tiborga olmaslik turli xil yo‘qotishlarga,
ortiqcha ishlab chiqarish va sarflarga, oxir-oqibatda iqtisodiy nomu-
tanosiblik va inqirozlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |