Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti
- tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqaril-
adigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi
- bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartib
ga solishni va iqtisodiyjarayonlami uyg‘unlashtirishni ta ’minlaydigan
dastak va vositalar.
Bozor
- ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va
xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan
munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti
- ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan
iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor subyekti
- ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Uy
xo‘jaliklari
- iqtisodiyotning asosan iste’mol sohasida faoliyat
ko'rsatuvchi bozorga ishchi kuchi yetkazib beruvchi asosiy tarkibiy
birlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |