Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkich!ari. Aholi



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet927/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   923   924   925   926   927   928   929   930   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

24.1. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkich!ari. Aholi

 

daromadlari va uning tarkibi

Aholi  turmush  darajasi juda  keng  va  serqirra  iqtisodiy  tushun-' 

chadir.  Shuning  uchun  bu  tushunchaga  iqtisodiy  adabiyotlarda 

turli  xil  ta’riflar  berilgan.  Biz  ulami  umumlashtirib  uni  quyidagi- 

cha  ta’riflaymiz. 



Aholi  turmush  darajasi  -   aholining  hayot 

ke- 


chirishi  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  va  ma’naviy  ne’matlar

 

bilan  ta’minlanishi  hamda  ular ehtiyojining bu  ne’matlar bilan

 

qondirilishi darajasidir.

Aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan talabi tabiiy 

tarixiy milliy va boshqa  shart-sharoitlarga qarab  turlicha bo‘ladi  va 

tez o‘zgarib turadi. Shunga binoan aholi turmush darajasini ifodalov- 

chi ko‘rsatkichlar ham turlicha bo‘ladi.

Insonning turmush darajasi о‘sib bomvchi talablar darajasi bilan 

uni qondirish imkoniyatlari darajasi o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish 

va uning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning tanlash erkin- 

ligining o‘sishi ya’ni uning nimalami iste’mol qilishi, qayerda, qan-

660



day  yashashi,  qanday  o‘qib  bilim  olishi  kabilami  bemalol  tanlash 

imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Demak,  insonning  turmush  darajasi  o‘sishi  uchun  uning  tanlash 

erkinligi kengayishi,  uzoq va sog‘lom hayot kechirishi,  bilim olishi 

uchun zarur iqtisodiy resurslarga (imkoniyatlarga) ega bo‘lishi lozim. 

Bunda  tinchlik,  xavfsizlik,  ekologiya  va  ijtimoiy  adolat  masalalari 

ham muhim o‘rin tutadi.

Aholi  turmush  darajasining  BMT  tomonidan  tavsiya  etilgan 

ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlami oladi:

1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar;

2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;

3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;

4) turar joy sharoitlari;

5) ma’lumot va madaniyat;

6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari;

7) aholining daromadlari va xarajatlari;

8) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;

9) transport vositalari;

10) dam olishni tashkil etish;

11) ijtimoiy ta’minot;

12) inson erkinligi.

Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana bir qancha ko‘rsatkichlar 

ham borki, ular alohida ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g ‘ri keluvchi 

YalM,  aholi jon boshiga to‘g‘ri  keluvchi  milliy  daromad,  aholi jon 

boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.

Kishilar  hayot  faoliyati  uchun  ^arur  ne’matlar  to‘plami  mehnat 

sharoiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xil- 

ma-xil  ehtiyojlami  o‘z  ichiga  oladi.  Kishilar  ehtiyojlarini  qondirish 

darajasi jamiyat  a’zolarining  alohida  olgan  va  oilaviy  daromadlari 

darajasiga  bog‘liq.  Turmush  darajasini  mamlakat  darajasida  (butun 

aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida gu- 

ruhi  uchun)  qarab  chiqish  mumkin.  Birinchi  yondashuv  turli  mam­

lakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri ke­

ladigan  yalpi  ichki  mahsulot  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  aniqlab,  qiyosiy 

tahlil qilish imkonini beradi.

661



Aholi  guruhlari  bo‘yicha  daromadlar  taqsimlanishi  dinamika- 

sini  taqqoslash  iste’molchi  byudjeti  asosida  amalga  oshiriladi. 

Iste’molchi  byudjetlarining  bir  qator  turlari  mavjud:  o‘rtacha  oila 

byudjeti,  yuqori  darajada  .ta’minlangan  byudjet,  minimal  darajada 

moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo'rlar va aholi boshqa ijti­

moiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   923   924   925   926   927   928   929   930   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish