117 Manba: 0 ‘zbekistonRespublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
475
lari hamma ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanib, ishlab
chiqarish hajmining to‘xtovsiz o‘sib borishiga shart-sharoitlar yarata-
di va ta’minlaydi deb ko‘rsatadilar.
Ulaming nazariyasi bo‘yicha iqtisodiyotga davlat aralashuvi juda
ham cheklangan bo‘lishi kerak. M. Fridman pul emissiyasini va
muomaladagi pul hajmini yiliga eng kamida 3 foizga oshirib borib,
talabni kuchaytirish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mum-
kinligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasining ikkinchi yo‘nalishi J. M. Keyns
va keynschilar nazariyasi bo‘lib, ular barqaror iqtisodiy o‘sishning
muhim omili samarali talabni rivojlantirish va uning tarkibini ta
komillashtirish zarurligini, buning uchun esa davlat va xususiy in
vestitsiyalaming ishtirokini, davlatning makro darajada iqtisodiyotni
tartibga solishda faol ishtirokining zarurligini ko‘rsatadi. Keyns naza
riyasi investitsiyalami ko‘paytirib, yalpi talabni oshirish va uning
ta’sirida iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgandir.
Iqtisodiy o‘sishning muhim nazariyalaridan biri Nobel mukofoti
sovrindori Amerikalik iqtisodchi Saymon Kuznets nazariyasidir. U
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini o‘rganib yuqori
samarali texnologiyalami qo‘llash asosida uzoq muddatli davrlarda
xo‘jaliklaming aholi uchun zarur bo‘lgan turli xil tovarlar va xizmat-
lami yaratib berish qobiliyatini oshirib borish zarurligini ko‘rsatadi.
Bunday o‘sishni ifodalash uchun bir necha yo‘nalishdagi
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur deb hisoblaydi:
1) Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlaming o‘sish sur’ati.
2) Ishlab chiqarish omillari unumdorligining yuqori sur’atlar bilan
o‘sishi.
3) Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining tez о‘zgarishi.
4) Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlar tezligi.
5) Iqtisodiy o‘sishning xalqaro masshtabi va boshqalar.
S.
Kuznetsning iqtisodiy o‘sishga bergan ta’rifi va tavsiya qilgan
ko‘rsatkichlaridan shu narsa ayonki, u iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy
taraqqiyotning mazmunini chalkashtirib yuborgan.
Bu masala to‘g‘risidagi nazariyalaming ichida U. Rostouning iqti
sodiy o‘sish bosqichlari to‘g‘risidagi nazariyasi ham e’tiborga sazo-
476
vordir. U iqtisodiy o‘sish bosqichlari bilan bir qatorda jamiyatning
tarixiy evolyutsiyasini yaratishga harakat qilgan. U jamiyat va iqti
sodiyot bosqichlarini aniqlashda uch belgiga:
A) texnika taraqqiyoti darajasiga;
B) ishbilarmonlikning faollik darajasiga;
C) iste’mpl darajasiga.
Mana shu belgilarga qarab U. Rostou iqtisodiy taraqqiyotning tar
ixiy jarayonini besh bpsqichga boiadi.
1. An’anaviy yoki sinfiy jamiyat. Bu bosqich fan-texnika taraqqi
yotining va uni amalda qoilashning pastligi, qishloq xo‘jaligining
sanaatga nisbatan ustunligi, iqtisodiy aloqalaming rivojlanmaganligi,
aholi o‘sishinipg iqtisodiy o‘sishga nisbatan yuqoriligi, aholi daro-
madlarining va jamg‘arish darajasining pastligi bilan tavsiflanadi.
2. Iqtisodiyotning jadal (sakrab) o‘sishi uchun shart-sharoit yara-
tiladigan bosqich. Bu bosqich ishlab chiqarish samaradorligini oshi-
rishga va iqtisodiy o‘sishga shart-sharpit yaratilib borishi bilan tavsi
flanadi.
3. Jadal riyoj}j|nish bosqichi. Uning farq qiladigan xususiyati
jamg‘arish normasining yuqoriligi fan-texnika taraqqiyoti va uning
natijalaridan foydalanish darajasining yuqoriligidir.
4. Yetuklikka y o i. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshib, aholi
o‘sish sur’atlaridan yuqori boiadi.
5. Umumiy ravishda aholi iste’molining yuqoriligini ta’minlay-
digan bosqich. Bu bosqichda ishlab chiqarishning o‘sishiga boigan
cheklanganliklar va bu bilan bogiiq boigan muammolar bartaraf
boiadi, uzoq muddatli foydalana^ugan tovarlar ahamiyati oshadi,
ekologiya va talab muammosi kuchayadi.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, omillarini
o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish bora-
sidagi tadqiqotlari, nazariyalari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish
modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga
ko‘ra_bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya -
makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha)
nazariyasi hamda ishlafj. chiqarishning klassik (keyinchalik neoklas-
sik) nazariyasi yotadi.
477
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyon-
dalari quyidagi nazariy shartlarga asoslanadilar:
1) mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomoni
dan yaratiladi;
2) ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini
qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan
mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurs
lar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda
ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘mini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l
qo‘yadilar:
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yarata-
di, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar.
Holbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat
yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymat
ni jonli mehnat yordamida yangi Yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar.
Shunday qilib, qiymatning shakllanishida kapital va jonli mehnat qat-
nashadi. Yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratiladi.
Lekin barcha omillar Yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning
nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol
o'ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki
hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan hara
katga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z
j oyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ulaming qiy
mati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan
beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ulaming
bunga e’tibor bergisi kelmaydi.
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi
P. Duglas va matematik Ch. Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiya
si asos qilib olingan. Kobb-Duglas modelida ishlab chiqarish hajmi-
478
ning o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga
harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Y=AK“LP,
bu yerda Y - ishlab chiqarish hajmi;
К - kapital sarflari;
L - ishchi kuchi sarflari;
A - mutanosiblik koeffitsienti;
a va p - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari
bo‘yicha elastiklik koeffitsientlari.
Elastiklik koeffisienti bir ko‘rsatkich miqdorining о‘zgarishi nati
jasida boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining о‘zgarishi darajasini ifoda
laydi. Shunga ko‘ra, a koeffisienti kapital sarflarining 1 foizga o‘sishi
ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini, p koeffitsienti esa
ishchi kuchi sarflarining 1 foizga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining
necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi. a va Pning yig‘indisi ishchi ku
chi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1 foizga o‘sishi ishlab
chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Ch. Kobb va P. Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash
sanoatining 1899-1922-yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib,
ishlab chiqarish funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat
qilganlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |