Asosiy tayanch tushunchalar
Ish haqi
- ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushinmg puldagi
ifodasi.
Vaqtbay ish haqi
- ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hi
sobga olinib to‘lanadigan ish haqi.
Ishbay ish haqi
- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki baja-
rilgan ish hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi.
Nominal ish haqi
- pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi
- nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin
bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib
olish layoqati.
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
- bajarilgan ish uchun haq
to‘lashni erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish
bilan qo‘shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
361
Do'stlaringiz bilan baham: |