Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik faoliyati
- shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda
olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy
faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati
- ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar
chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish
vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya
- bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining
ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida
daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi
- qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotila-
digan narxi.
Obligatsiya
- uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish shar
ti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |