2. Talab - ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qo-
nuniga muvofiq narxning о‘sib borishi talabning qisqarishiga olib
keladi, talabning kengayishi esa narxning o ‘sishiga olib keladi. Shun-
ing uchun narx (mustaqil o ‘zgaruvchi) bilan talab (tobe o‘zgaruvchi)
o ‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.
3. Talab ikki xil yo‘nalishda o‘zgaradi: biri talab hajmining
o‘zgarishi bo‘lib, talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatlansa, ikkinchisi
talab xususiyatning o ‘zgarishi bo‘lib, talab egri chizig‘ining o‘zini
o ‘ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi.
4. Taklif ishlab chiqaruvchilaming bozorga sotishga chiqargan
tovarlari miqdori bo‘lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan bel
gilanadi, ammo aynan unga b o g iiq emas, chunki zahira, eksport
va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar miqdoriga ta’sir
ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o ‘rtasida to‘g ‘ri bog‘liqlik mavjud, narx-
laming o'sishi taklifning o ‘sishiga olib keladi va aksincha.
5. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati
vujudga keladi. Bozor muvozanati - talab hajmining taklif hajmiga
mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni
yoki bozor narxini shakllantiradi.
6. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanat-
lik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qili
nadigan tovarlaming o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab
chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bi
lan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omil
lardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifhi ko‘paytirish
imkoniyatini taqozo qiladi. Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq
muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ish
lab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quw at-
lami vujudga keltirish bilan b o g iiq investitsiyalami amalga oshirish,
shuningdek, yangi korxonalami qurishdan iborat.
7. X o‘jalik amaliyoti uchun bozor subyektlarining narx
o‘zgarishiga b o igan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluv
chanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchan
ligi ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqamvchilar yalpi tushum miqdorini
oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan b o isa, narx
217
bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegi-
luvchan bo‘lsa harakat bir tomonlama bo‘ladi.
8.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan
naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izoh-
lanadi. So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga
ega bo ‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur
tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka
iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, n e ’matlami iste’mol
qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, m a’lum vaqtdan boshlab,
muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan
qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Iste’molchi
tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining baho-
lanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: