Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

merkantilizm 

deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlaming, 

jamiyatning boyligi puldan,  oltindan  iborat,  boylik  savdoda,  asosan, 

tashqi savdoda -  muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, sav­

doda  band  bo‘lgan  mehnat  unumli  mehnat,  boshqa  mehnatlar  esa 

unumsizdir,  deb  tushuntirib  keldilar.  Keyinchalik,  iqtisodiy bilimlar 

rivojlanib,  takomillashib  borgan  sari,  ayirboshlash,  ya’ni  bevosita 

savdo jarayonida mahsulot yaratilmasligi, faqat ishlab chiqarish bilan 

bog‘liq  bo‘lgan jarayonlarda  (tashish,  qadoqlash,  saralash,  saqlash) 

qiymatning ko‘payishi  m a’lum bo‘lib  qoldi. Ayirboshlashning  ekvi- 

valentlik tartibi,  ya’ni  teng mehnatga teng boylik muvozanati buzil- 

gan  taqdirda  boylik  birovlar  foydasiga  qayta  taqsimlanadi,  natijada 

kimdir boyib,  kimdir xonavayron b o iib   boradi.  Merkantilistlar iqti­

sodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga 

amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ulaming 

fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat 

iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni 

o ‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.

Keyingi  oqim 

fiziokratlar 

deb  atalgan.  Ular  merkantilistlardan 

farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi,  de­

gan g'oyani  olg‘a  surdilar.  Ulaming vakili bo'lgan F.Kene mashhur 

«Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi 

asoslarini  yaratdi.  Uning nazariy va  siyosiy dasturini  ta’riflab berdi. 

Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. 

Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv ja ­

rayonida  teng  miqdorli  qiymatlaming  almashuvi  ro‘y beradi,  tovar- 

laming qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening 

ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikri­

cha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi 

farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha

24



mahsulotni  chalkashtirib,  ikkalasini  aynan  bir  narsa  deb  tushunadi. 

U  qo‘shimcha  qiymat  dehqonlaming  qo‘shimcha  mehnati  samarasi 

sifatida yuzaga keladi deb  izohlaydi,  ayrim joylarda  esa qo‘shimcha 

qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham 

ishtirok etadi, deb tushuntiradi4. Bu yerda u o ‘zi bilmagan holda qiymat 

bilan naflilik (iste’mol qiymat)ning  farqiga bora olmaganligini  ifoda 

etadi.  F.Kene ta’limotini A.Tyurgo,  Dyupon de Nemur va boshqalar 

davom  ettirdi.  Fiziokratlaming  ta’limoti  bo‘yicha  qishloq  xo‘jaligida 

band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa 

sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.

Keyinchalik iqtisodiyot fanining 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish