Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

5.4. Bozor va uning vazifalari

Bozor  tushunchasi  bozor  iqtisodiyotining  muhim  kategoriyasi 

bo‘lib,  iqtisodiyot  nazariyasida  ham,  xo‘jalik  yuritish  amaliyotida 

ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy 

tushunchadir. Eng aw alo «

bozor

» va 


«bozor iqtisodiyoti

» tushuncha- 

larining bir-biridan  farqlanishini ta’kidlab  o ‘tishimiz lozim.  Chunki,

31 

Karimov  I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  0 ‘zbekiston sharoitida

 

uni bartaraf etishning y o ‘llari va choralari. -  Т.:  0 ‘zbekiston, 2009,  8-b.



158


ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil m a’noda ifodalash, ba’zi adabi­

yotlarda  sinonim  so‘zlar  sifatida  qo‘llash  yoki  ulami  chalkashtirish 

hollari  uchraydi.  Bozor jamiyatda  bozor  iqtisodiyoti  shakllangunga 

qadar  mehnat  taqsimotining  ro‘y  berishi  natijasida  vujudga  kelgan 

bo‘lib,  u  ijtimoiy takror ishlab  chiqarishning  ayirboshlash jarayoni- 

ni  o ‘z  ichiga  oladi.  Bozor  iqtisodiyoti  esa  bozor  munosabatlarining 

tarixan  uzoq  davr  mobaynida  rivojlanishi  natijasi  bo‘lib,  tovar-pul 

qonunlari  asosida tashkil  etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi  iqtisodiy 

tizimni anglatadi.

Bozor  iqtisodiyoti  takror  ishlab  chiqarishning  barcha  fazalarini: 

ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimlash  va  iste’mol jarayonlarini 

qamrab  oladi.  Bozor esa  faqat  bitta  fazani,  ya’ni  ayirboshlash  faza- 

sini o‘z ichiga oladi.  Bozor tushunchasi yuzaki  qaraganda  oddiy tu- 

shunchaga o ‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozomi tovarlar sotiladigan va 

xarid  qilinadigan joy deb  o‘ylashadi.  Lekin uning  ichki  mazmuniga 

e’tibor  berilsa,  u  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  mazmuni  o ‘zgaruvchan  ekan- 

ligini,  turli  davrlarda turli  m a’noni  anglatishini  bilib  olish  mumkin. 

Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlani­

shi bilan b o g iiq  bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib 

chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki may- 

doni  degan mazmunni anglatgan.  Dastlab,  bozor ikki yoki  bir necha 

qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon 

bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarifing pay­

do bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi 

qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T -  T ko‘rinishida, 

ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovami ayirboshlash shaklida 

bo‘lgan.  Bunday  ayirboshlashda  vaqt  va  masofa  bo‘lmay,  bir  vaqt- 

ning o ‘zida o ‘sha joyda almashuv jarayoni sodir boigan. Keyinchalik 

tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib bori­

shi  natijasida pul  kelib  chiqib,  sotish  va  sotib  olish jarayoni  ikkiga 

ajralgan va T -  P -  T ko‘rinishini olgan. Endi tovami sotish (T -  P) va 

sotib  olish (P -  T)  zamon va makon jihatidan mos  kelmasligi mum­

kin.  Chunki sotuvchi o ‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga 

kerakli tovami boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pul­

ning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqamv-

159



chidan olib iste’molchiga, bir joy dan ikkinchi joyga olib borib sotish 

bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi.

Mehnat  taqsimoti  chuqurlashib  savdo  sohasi  vujudga  keldi.  Bu 

soha  tovar-pul  harakatini  tezlashtirish  imkonini  berib,  iste’molchi 

bilan  ishlab  chiqaruvchini  bog‘laydigan  vositaga  aylandi.  Bunda 

ishlab  chiqaruvchi  bilan  iste’molchi  ham  bir-birlari  bilan  uchrashi- 

shi  shart  bo‘lmay,  ular  savdogarlar-vositachilar  orqali  aloqa  qi- 

lishlari  mumkin  bo‘lib  qoldi.  Endi  bozor tushunchasining  mazmuni 

o‘zgarib,  yangi  m a’no  kasb  etadi,  ya’ni  tovar-pul  muomalasining 

yangi  shakli  sifatida namoyon  bo‘la  boshladi.  Oldi-sotdi jarayonida 

yangi o ‘ziga xos muhim tovar -  ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan 

bozor umumiy tus  olib, uning mazmuni yanada kengaydi.  Endilikda 

ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlargina  emas,  balki  ishlab  chiqa­

rish  vositalari  va  ishchi  kuchi  ham  bozor jarayoni  orqali  o ‘tib,  ish­

lab  chiqarishga jalb  etila boradigan, ulaming bir-biriga o‘zaro ta’siri 

to‘g ‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita-bozor orqali sodir bo‘la bosh­

ladi.  Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan 

iste’molchilaming  ko‘p  qirrali  murakkab  aloqalarini,  ulaming  o‘zaro 

bir-bir-lariga  bo‘lgan  ta’sirini  bog‘laydigan  bo‘g‘in,  jamiyat  taraqqi- 

yotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish