Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1052/1093
Sana18.01.2022
Hajmi18,63 Mb.
#388875
1   ...   1048   1049   1050   1051   1052   1053   1054   1055   ...   1093
Bog'liq
83. Iqtisodiyot nazariyasi. Xodiyev B.Y, Shodmonov SH.SH

Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

1. 


Iqtisodiy  resurslaming  harakatchanligi  mamlakatlar  o‘rtasida 

mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchi- 

lar  mamlakat  ichida  viloyatdan viloyatga,  hududdan  hududga  erkin 

o‘tishi mumkin.  Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan

740



tashqari  yana  immigratsion  qonunlar  ishchi  kuchining  mamlakatlar 

o‘rtasidagi  migratsiyasiga  qattiq  cheklashlar  qo‘yadi.  Soliq  qonun- 

chiligidagi,  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  boshqa  tadbirlari- 

dagi  farqlar  va  boshqa  qator  muassasaviy  to‘siqlar real  kapitalning 

milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.

2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakat­

lar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchilik- 

lar tug‘diradi.

3.  Xalqaro  savdo  siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, 

bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va da­

rajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omil- 

larining  turli  mamlakatlar  o‘rtasida  joylashuvi  hamda  jahon  ish­

lab  chiqarishi  tuzilmasiga  bog‘liq.  Agar  bundan  bir  asr  muqaddam 

xalqaro  savdoda  ustun  ravishda  xomashyo,  materiallar,  oziq-ovqat 

va  yengil  sanoat  mahsulotlari  ayirboshlangan  bo‘Isa,  bugungi  kun- 

ga  kelib  sanoat  tovarlari,  ayniqsa  mashina  va  asbob-uskunalaming 

salmog‘i  sezilarli  darajada  o‘sdi.  Intellektual  tovarlar  va  xizmatlar- 

ning  ulushi  ham  keskin  ravishda  oshib,  umumiy  savdo  aylanmasi- 

ning 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish 

shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko'rinishdagi tovar 

birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari 

bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlaming quyidagi shakllari ham 

keng qo‘llanmoqda:

1) barter -  tovarlami to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga 

ayirboshlash.  Barterda pul ishtirok etmasada,  tovarlarning qiymatini 

bir-biriga  taqqoslash  uchun  pulning  qiymat  o‘lchovi  vazifasi  orqali 

baholab olinadi;

2)  eksport  qiluvchilar  tomonidan  yetkazib  berilgan  tovarlar  qiy- 

matining bir qismiga import tovarlami xarid qilish;

3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellami so- 

tib olish;

4)  import  qilingan  asbob-uskunalar  qism  va  detallarini  importga 

sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;

5)  kompensatsion  bitimlar.  Mazkur  bitimlar  shartiga  ko‘ra,

741



texnologik  asbob-uskunalar  yetkazib  beruvchi  tomonlaming  biri 

taqdim  etgan  kredit  (moliyaviy,  tovar  ko‘rinishidagi)  bo‘yicha 

to‘lovlar  ana  shu  asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulot- 

lami yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;

6)  bir  mamlakatda  undirilgan  xomashyoni  boshqa  bir  mamlakat 

ishlab  chiqarish  quwatlari  yordamida  qayta  ishlashda  ushbu  qayta 

ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib 

berish orqali to‘lash;

7) kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlami hi- 

sobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.

Ikki  tomonlama  savdo  tamoyilida  amalga  oshiriluvchi  xalqaro 

operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4  foiz, ikki tomonlama 

xarid -  55 foiz, kompensatsion bitimlar -  9 foiz, kliring operatsiyalari 

8 foizni tashkil etadi.

Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ish­

lab  chiqaruvchilami tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini  dol- 

zarb  qilib  qo‘yadi.  Bu vazifa mamlakatlarning  savdo  siyosati  orqali 

amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   1048   1049   1050   1051   1052   1053   1054   1055   ...   1093




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish