27.1. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi
turlicha nazariyalar
Milliy xo‘jaliklaming xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida
ishtirok yetishi, ulaming shakllari va samaradorlik darajasi kabi
muammolaming uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq
etilishi bu boradagi turlicha nazariyalaming shakllanishiga olib keldi.
Bu nazariyalar orasida eng aw alo mamlakatlarning xalqaro mehnat
taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok yetishi zarurligini nazariy jihat
dan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |