Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
Vakillikningklassifikatsiyasi
Vakillikning turlari
Vujudga kelish
Mazmuniga ko’ra
asosiga ko’ra
ishonchnoma
qonun
Muomalaga layoqatli
shaxslar nomidan
Muomalaga layoqatsiz
shaxslar nomidan
sudning qarori
Davlat organing qarori
Vakolatsiz vakil
Tijorat vakilligi
FK muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilishni
muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilishdan farqlaydi.
Muomalaga layoqatli shaxslar vakillarini o‘z erklaridan kelib chiqib
belgilaydilar. Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik esa qonun
asosida belgilanadi va ular nomidan vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka
oluvchilar, vasiy va homiylar harakat qiladi.
Agar bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan oshkora harakat qilish
uchun hech qanday vakolati bo‘lmasa yoki vakolatli bo‘lsa ham uning
doirasidan chetga chiqqan bo‘lsa, bu holda tuzilgan bitimlar bo‘yicha
kimning nomidan harakat qilgan bo‘lsa, mazkur shaxs uchun huquq va
majburiyatlar vujudga kelmaydi.
FKning 132-moddasida ko‘rsatilganidek, boshqa shaxs nomidan
tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan
shaxs keyinchalik ma’qullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va
majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Bitim
tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan
1
30
guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham, bunday bitim
ma’qullangan hisoblanadi.
Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida ma’qullanishi u
tuzilgan vaqtdan e’tiboran haqiqiy, deb hisoblashga huquq beradi.
Bitimlar tuzishda vakil o‘z erki bilan harakat qiladi. Bu holda u
o‘ziga berilgan vakolatning hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning
qoidalariga, vakil qiluvchining bergan ko‘rsatmalariga asoslanib ish tutadi.
Bitim tuzilishida vakilning erki ham vakolat doirasida ifodalanganligi
sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishishi, aldanishi, qo‘rqitilishi yoki
zo‘rlik ta’sirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 133-moddasiga
muvofiq, tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va
mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning
vakolatlari ko‘rsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar
ko‘rsatilmagan taqdirda esa ishonchnoma asosida ham ish olib boradi.
Tijorat vakili o‘zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli
taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi
mumkin.
Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, tijorat vakili kelishilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida
qilgan chiqimlarini teng ulushlarda to‘lashni shartnomadagi taraflardan
talab qilishga haqli.
Tijorat vakili o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyin
ham savdo bitimlari to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sir
saqlashi shart.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining
xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tijorat vakilligi vakillikning maxsus turi sifatida e’tirof etiladi.
Tijorat vakilligining tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi
afzalliklarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
Muayyan hududda tijorat vakilligi asosida faoliyat olib borish
tadbirkorlik subyektlari uchun filial ochishdan ko‘ra, oson va kam xarajatli
hisoblanadi;
Tijorat vakili bilan shartnoma tuzishda u tomonidan tuziladigan
shartnomalar sonidan qat’i nazar ma’lum bir qat’iy summada pul
to‘lanishini nazarda tutadigan shartnoma ham tuzish mumkin;
1
31
Tijorat vakili vakolat beruvchi bilan mehnat munosabatlari
asosida bog‘liq bo‘lmaydi;
Tijorat vakili bir vaqtning o‘zida shartnomadagi turli
taraflarning manfaatlarini ifodalashi mumkin.
XIX asrning oxirlaridan boshlab, Evropa davlatlarida tadbirkorlar
tomonidan o‘zlarining eng ishonchli xodimlariga deyarli cheklanmagan
vakolatlarning berilishi tamoyili kuzatilgan. Bunday xizmatchilar
prokuristlar yoki bosh vakil, deb yuritiladi.
Tadbirkorning boshqa tijorat vakillaridan farq qilgan holda,
prokuristning vakolatlari doirasi va mazmuni qonunda belgilab berilgan
(Germaniyaning Savdo tuzuklari, Shveysariya, Avstriya, Bolgariyaning
qonunchilik aktlari) va tadbirkorlar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin
bo‘lmagan. Demak, ushbu normalar imperativ xarakterga ega. Tadbirkor
o‘z arizasi orqali prokuristni Savdo riyestrida majburiy ro‘yxatdan
o‘tkazishi shart.
Bosh vakilning bunday vakolatlarga egaligi unga barcha sud va
suddan tashqari ishlarda, shartnoma va boshqa munosabatlarda tadbirkor
tomonidan beriladigan ishonchnomasiz ham harakat qilish imkonini
beradi. Germaniya va Shveysariya qonunchiligida bunday vakolatlar savdo
(tijorat) vakolatlari sifatida baholanadi. Savdo vakolatlari konkret turdagi
korxona uchun amalga oshiriladigan yuridik harakatlarga nisbatan tatbiq
etiladi (Germaniya savdo tuzuklari 54-modda, Shveysariyaning majburiy
qonuni 462-modda).
Korxona xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladigan vakillikni
vakolatlar doirasiga ko‘ra:
Cheklangan vakolatlarga asoslanadigan vakillik;
Cheklanmaydigan vakolatlarga asoslanadigan vakillikka
bo‘lishimiz mumkin. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bosh
vakilda cheklanmagan vakolatlar mavjud bo‘ladi.
Tijorat vakilligi turlari:
Savdo tashkilotining xizmatchisi tomonidan amalga
oshiriladigan vakillik;
Savdo agentlari tomonidan amalga oshiriladigan vakillik;
Birjadagi vakillik, agar vakil vakolat beruvchining nomidan
harakat qilsa.
Tijorat vakiliga to‘lanadigan haq miqdori taraflarning kelishuviga
asosan belgilanadi. Vakillik shartnomaga asoslangan holatlarda
to‘lanadigan summa miqdori ko‘rsatib o‘tiladi.
1
32
Tijorat vakilligini sohasiga qarab ham turlarga bo‘lish mumkin.
Masalan:
Sug‘urta sohasidagi vakillik;
Savdo sohasidagi vakillik;
Birjadagi vakillik;
Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq vakillik;
Ko‘chmas mulk bozoridagi vakillik.
Bugungi kundagi tijorat vakilligi bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan
muhim masalalardan biri - bu boradagi xalqaro-huquqiy normalarni
unifikatsiya qilishdir. Bu boradagi ilk qadamlardan biri, 1983 yil 17
fevralda qabul qilingan “Xalqaro tovarlar oldi-sotdisida vakillik
to‘g‘risida”gi Konvensiya bo‘lib hisoblanadi.