Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va
ularning huquqiy oqibatlari
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi
bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoxud odob yoki axloq asoslariga atayin
qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-moddasida koʻrsatilganidek,
oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof maqsadlarda
tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. Gʻaraz, yomon niyat bilan atayin davlat
va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim qonunni jiddiy
ravishda buzish, deb qaraladi.
1
19
Qalbaki bitim – taraflarning kelishuvi boʻyicha yuridik oqibatlar
tugʻdirmaslik niyati bilan faqat koʻrinish uchungina tuzilgan bitim boʻlib,
u haqiqiy sanalmaydi (FK 124-modda).
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim deb boshqa bir bitimni
yashirish maqsadida tuzilgan bitimga aytiladi. Agar bitim boshqa bir
bitimni yashirish uchun tuzilgan boʻlsa, bu holda taraflar tomonidan
haqiqatda nazarda tutilgan bitimga oid qoidalar qoʻllaniladi.
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim barcha hollarda haqiqiy
sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob
berish-bermasligiga qarab yo haqiqiy boʻladi yoki haqiqiy emas deb
topiladi.
Koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim ham qalbaki bitim kabi
hech qanday huquq va majburiyatlarni kelib chiqishi uchun asos
boʻlmaydi. Bunday bitim tuzish vositasida taraflar aslida boshqa yuridik
harakatni, ya’ni bitimni yashiradilar. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi
hadya shartnomasi bilan yashiriladi. Bunday maqsad koʻp miqdorda pul
toʻlaganligini oshkor qilmaslikdan iborat. Aholi yashamaydigan binoni
ijaraga berish shartnomasini yashirish uchun birgalikda faoliyat koʻrsatish
toʻgʻrisidagi shartnomalarini tuzish uchrab turadi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi, shuningdek ruhiy kasalligi yoki aqli
zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan
tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim
yuzasidan olgan narsalarining hammasini ikkinchi tarafga qaytarishga
majbur, olingan narsani natura baravarida qaytarishi mumkin boʻlmasa,
uning qiymatini pul bilan toʻlashga majbur.
Umumiy qoidaga muvofiq yashirilgan bitim gʻayriqonuniy
hisoblanadi, chunki u qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan emas. Shunday
ekan uni yashirgan koʻz boʻyash uchun tuzilgan bitimni oʻz-oʻzidan
haqiqiy boʻlmagan bitim deyish mumkin. Lekin yashirilgan bitim nizoli
bitimlar turkumiga kirishi ham mumkin.
1
20
Do'stlaringiz bilan baham: |