tenglikka, mulkiy jihatdan mustaqillikka va erk muhtoriyatiga
asoslangan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan
huquqiy normalar yig‘indisidir.
Jamiyatda barcha huquq sohalari yagona huquq tizimini tashkil etadi.
Ushbu huquq sohalari odatda ikki asosiy huquq tizimilariga ajratiladi:
ommaviy huquq va xususiy huquq tizimlari. Ommaviy huquq tarkibiga
kirgan huquq sohalari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar tikka
chiziq (vertikal) ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni bir tarafning ikkinchi
tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan munosabatlardan iborat.
Xususiy huquq ham muayyan huquq sohalaridan tashkil topgan
huquq tizimidan iborat. Ushbu tizimga kirgan huquq sohalari vositasida
jamiyat a’zolari, davlat tashkilotlarining xususiy manfaatlari ifodalangan,
mustaqillik va yakka mulkdorlarning (jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar)
tashabbuskorligiga asoslangan munosabatlar tartibga solinadi. Bunday
munosabatlar yoyiq chiziq (gorizontal) ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni bir
tarafning ikkinchi tarafga huquqiy jihatdan bo‘ysunishiga asoslanmagan,
mustaqillik va teng huquqqa ega bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida vujudga
keladigan munosabatlardan iborat1.
Mamlakatimizda va xorijiy yuridik adabiyotlarda «xususiy huquq»
iborasi ham ishlatiladi. Tor ma’noda xususiy huquq aynan fuqarolik
huquqini anglatadi. Keng ma’noda xususiy huquq tarkibiga fuqarolik
huquqi bilan birga oila huquqi, mehnat huquqi va tadbirkorlik huquqi
sohalari kiradi.
Fuqarolik huquqining mohiyati u tomonidan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlar mazmunida o‘z ifodasini topadi. Yuqorida bunday
1
Раҳмонқулов Ҳ.Р. Ўзбекистон Республикасининг миллий ҳуқуқ тизими. Ўқув қўлланма. Т.: 2004. -6-7 б.
1
5
ijtimoiy munosabat g‘oyatda keng doirani qamrab olishi qayd etib o‘tilgan
edi. Bunday munosabatlar, eng avvalo, kishilar va boshqa subyektlar
o‘rtasidagi moddiy va nomoddiy ne’matlarga nisbatan odatdagi kundalik
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan doimiy, takrorlanib turuvchi
harakatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida
fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini
belgilashga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan
huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish
tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni,
shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bunday
munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.
Mulkiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra mol-mulk bilan bog‘liq
bo‘lgan munosabatlar, u mohiyatan moddiy-iqtisodiy munosabat
hisoblanadi. Ya’ni, turli moddiy ashyolar, ishlab chiqarish vositalari,
iste’mol buyumlari, umuman kishilarning fuqarolik huquqining boshqa
subyektlarini xuddi shunday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish,
1
6
tasarruf etish, fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Albatta, moddiy-iqtisodiy, mulkiy munosabatlarning barchasi ham
fuqarolik huquqiy normalar ta’siri ostida emas. Ularning ba’zilari
huquqning boshqa tarmoqlari bilan ham tartibga solinadi. Jumladan, bir
subyektning ikkinchi subyektga ma’muriy bo‘ysunishi bilan bog‘liq
bo‘lgan mulkiy munosabatlar ma’muriy huquq normalari bilan, turli
subyektlardan soliqlarni undirish va ularni to‘plash bilan bog‘liq
munosabatlar soliq huquqi bilan, to‘plangan pul mablag‘larini budjet
orqali taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar moliya huquqi bilan,
yer, o‘rmon bilan bog‘liq munosabatlar yer huquqi normalari bilan, ish
beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat huquqi
normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqiy normalar asosan muayyan ekvivalentlik
(barobarlik, teng qiymatlik) bo‘yicha belgilanadigan qiymat, baho, hajm,
miqdor bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko‘riladigan
mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy munosabatlardagi
ekvivalentlik subyektlarni manfaatdorligini va adolatni ta’minlovchi
mezon hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy normalar orqali moddiy-iqtisodiy
munosabatlar maxsus yuridik shaklda ya’ni, mulkiy huquqiy munosabatlar
shaklida rasmiylashtiriladi va mustahkamlanadi.
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ham ishlab chiqarish
munosabatlarining ham iste’mol munosabatlarining huquqiy shakli sifatida
ko‘riladi. Bunday munosabatlarga subyektlar o‘z erki irodasi bilan, o‘z
manfaatlarini ko‘zlab kirishadilar. Bu holat fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning eng muhim belgisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |