FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................ 83
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi shundaki mamlakatimizda davlat boshqaruvini
demokratlashtirish jarayonida aholining turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etishi
lozim bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi
hamda keng
tarmoqli
jamoat
tashkilotlarining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalarga katta mas'uliyat
yuklaydi.
Ko‘ppartiyaviy tizimning qaror topishi va siyosiy partiyalarning ijtimoiy
hayotda faol ishtirok etishi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etishning asosiy garovidir. Siyosiy partiyalarning demokratiyani
rivojlantirishga bevosita ta'siri, avvalo, ularning jamoat birlashmasi sifatidagi
tabiatidan kelib chiqadi, ya'ni siyosiy partiyalar xalq hokimiyatchiligini amalga
oshirishda, aholining muayyan qatlamiga oid ijtimoiy fikrni ifodalovchi yirik
uyushma sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining
boshqa sub'ektlaridan farqli o‘laroq, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda
ishtirok etadi va uning saylab qo‘yiladigan organlaridan ko‘proq o‘rin egallash
uchun kurashadi.
Shuningdek siyosiy partiyalar u yoki bu manfaatlarni ifoda etibgina
qolmasdan, bu manfaatlarni shakllantirishda ham bevosita faol ishtirok etadi.
Partiyalar fuqarolik jamiyatini davlat bilan uyg‘unlashtirib, murosasizliklarni
yo’qotish yoki yumshatishni ta'minlaydi, qonun chiqaruvchi va ijroiya
hokimiyatlarining barqarorligini saqlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Kuchli partiyalar
davlatni kuchsizlantirmaydi, balki ular davlatni jamiyatning mahalliy organlari
bilan mustahkam bog‘lab, siyosiy jarayonlarni nazorat qilishga yordamlashib,
davlatni yanada kuchaytiradi.Aksincha partiyalarning kuchsizligi davlatning
kuchsizligiga sabab bo’lishi mumkin.
1
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisining “Bizning bosh
1
Гаджиев К. С. Политическая наука. Учебное пособие. 2- изд . Москва, Междунар. отношсния, 1995, с. 143
— 145
4
maqsadimiz
–
jamiyatni
demokratlashtirish
va
yangilash,
mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir” mavzusida qilgan ma'ruzalarida “kuchli
davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlarini
belgilab berar ekanlar, siyosiy partiyalarning funksiyalarini quyidagicha ekanligini
ko‘rsatib o‘tdilar: – jamiyatni demokratlashtirish uchun siyosiy partiyalar va
fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul
qilishdagi roli va ta'sirini tubdan kuchaytirish zarur. Shu munosabat bilan
partiyalar aholi o‘rtasida obro‘-e'tibor qozonish maqsadida izchil ish olib borishi,
siyosiy tajriba orttirishi, siyosiy yetuklikka intilishi va eng muhimi, moliyaviy
mustaqillikka erishish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va o‘zining doimiy
saylovchilariga tayanishi uchun faol harakat qilishi kerak. Dasturi va
yo‘nalishidan qat'iy nazar, shak-shubhasiz, barcha partiyalarimiz mana shunday
yo‘lni bosib o‘tishi muhim ahamiyatga ega.
2
Siyosiy partiyalar fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish,
aholining xohish-irodasini ifoda etish, ularning markazda va joylarda davlat
hokimiyatini shakllantirish masalalarida bevosita ishtirok etishini ta'minlash,
fuqarolar tashabbuslarini shakllantirish, odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish,
turmushimizning ko‘pgina dolzarb muammolarini hal etishda muhim siyosiy kuch
hisoblanadi.
Siyosiy partiyalarsiz mamlakatimizda vakillik demokratiyasini tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Chunki, aynan partiyalar yordamida fuqarolar o‘z vakillari orqali
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘z siyosiy irodasini o‘zi xohlagan
siyosiy partiyaga a'zo bo‘lib, o‘sha partiya orqali ifoda etishi mumkin. Bunday
erkinlik, o‘z navbatida, xalq siyosiy ongining o‘sishiga, mamlakatda har xil
dunyoqarashga ega, o‘z vatanini istikloli va har tomonlama rivojlanishiga bor
kuch-g‘ayratini sarflaydigan insonlarning ko‘payishiga olib keladi.
2
KarimovI. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlash tirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va
isloh etishdir. T.: «O’zbekiston”, 2005. b-40
5
Shuning uchun ham siyosiy partiyalar har doim o‘z faoliyatlarini jamiyat
ehtiyojlari asosida qurishlari hamda davlat va jamiyat o‘rtasida haqiqiy ko‘prik
vazifasini o‘tashlari lozim. Xususan Prezidentimiz I.Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
qilgan ma'ruzalarida ko‘rsatib o‘tganlaridek, – “hech shubhasiz, mening
nazarimda, deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va nodavlat, nohukumat jamoat
tashkilotlarining jamiyatda obro’-e'tibori ortib borishi, mavqei mustahkamlanishi
bilan, ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratining asosiy vositasiga aylanadi.”
3
Jamoatchilik nazorati esa hamisha davlat boshqaruvini demokratlashtirishga
hizmat qiladi.
Bugungi kunda
O‘zbekistonda keng qamrovli demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va odil fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning
ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirishda I.A.Karimovning
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil
12-noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” nomli ma'ruzasi dasturulamal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
I.A.Karimov ma'ruzasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari oltita ustuvor
yo‘nalishlarga ajratilgan holda tahlil qilindi. Ana shu ustuvor yo‘nalishlarning
“Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish” deb nomlangan birinchi
ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifa va amaliy takliflar belgilab o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |