1.3. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida siyosiy partiyalar
faoliyatiga doir huququiy qarashlar.
Har bir davlat o‘z rivojlanish yo‘lini unda mavjud urf-odatlari, qadriyatlari,
o‘z imkoniyatlari va xalqining xohish-irodasiga tayanib belgilaydi. Bugungi kunda
jahon hamjamiyati tan olgan haqiqat shuki, har qanday afzal deb baholangan
demokratiya namunasi biron-bir xalq hayotiga taklif etilishi yoki zo‘rma-zo‘raki
kiritilishi kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, demokratik qadriyatlarming
yillardan buyon shakllanib kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar bilan uyg‘un
holda, fuqarolar ongi, qarashlari bilan mutanosib ravishda rivojlanib boradi
35
.
Hozirda mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi to‘la qaror topgan.
Ushbu partiyalar respublikamizdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok
etmoqda va ularning tashkil topishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va
to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar mavjud.
35
I. Bekov, K. Xamidova: O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, “Saylov va siyosiy partiyalar”
Toshkent - 2014
32
Endi davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalar faoliyatini
tashkil etish masalalarini turli olimlar fikirlari orqali tahlil qilsak.
Davlat boshqaruvini demokratlashtirish sohasida ko’plab ilmiy izlanishlar
olib brogan SH. Mamadalievning fikricha, siyosiy partiyalar quyidagi
kontseptualahamiyatga ega masalalarda o‘zlarining mustaqil fikr va maqsadiga ega
bo‘lishlarizarur:
– birinchidan, hokimiyatga, davlatga munosabatda. Hokimiyatda yetakchi
mavqega ega bo‘lish uchun kurash siyosiy partiyalar tarixida sinovdan o‘tgan va
uzoq asrlik hurlik, demokratiya uchun kurashda sinalgan faoliyat turidir. Bu
esasiyosiy partiyalardan davlat va jamiyatni boshqarish, demokratik
taraqqiyotyo‘llarini ko‘ra bilishni taqozo etdi;
– ikkinchidan, siyosiy partiyalar o‘tish davri talablarini to‘liq
ifodaetadigan «davlat barcha islohotlarning bosh tashabbuskori», degan
printsipga
o‘z munosabatini bildirib, nafaqat davlat, xuddi shuningdek, o‘zi, ya‘ni
siyosiybirlashmalar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariham ijtimoiy o‘zgarishlarning tashabbuskorlari bo‘lishi mumkinligi
g‘oyasiniilgarisurishlarilozim. Agar ular ushbu printsipni himoya qilolmasalar,
hechqachon taraqqiyparvar g‘oyalarning tashabbuskori bo‘lolmaydilar;
– uchinchidan, ijtimoiy-siyosiy hayot jadal rivojlanib, yangi-
yangimuammolarni hal etishni kun tartibiga qo‘yayotgan hozirgi
paytdasiyosatshunoslikni haqiqiy ilm, fan sifatida rivojlantirishga ehtiyoj mavjud;
– to‘rtinchidan, siyosiy partiyalarda ichki demokratiya deyarli yo‘q.
Bahs-munozara ular hayotining mezoniga aylanmagan. Parlamentga saylangan
partiya yetakchilari, faollari kelgusi saylovgacha partiya ichki faoliyatini
jonlantirishgaemas, balki erishgan mandatini, lavozimini saqlab qolishga
intiladilar, xolos.
Natijada partiya hayoti «amorf» bo‘lib qolishga majbur. Demak,
partiyalardaichki demokratiya va hurfikrlilikni, partiyalararo bahsni,
33
munozarani, o‘zini o‘zitanqid qilishni shakllantirish mexanizmlarini yaratish
zarur;
– beshinchidan, quyi palataga saylanadiganlar uchun saylovlarda ochiq-
oshkora qatnashish, o‘z huquqlarini himoya qilish, bahs,
raqobatlashishimkoniyatlarini beradigan mexanizmlarni yaratish zarur
36
degan
fikirlarni bildirib o’tgan.
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va
rivojlanishida siyosiy partiyalar muhim rol o’ynaydi. Davlat boshqaruvini
demokratlashtirishda ko‘ppartiyaviylik asosida jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar,
ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini birdek himoya qilish eng asosiy vazifalardan
biri sanaladi.
Siyosatshunos olim M. Qirg‘izboev o‘z ilmiy tadqiqotlarida chet
elolimlarining fikrlarini o‘rgangan holda, AQSH siyosatshunosiJ. La
Palombaraning partiyani tashkil qilish borasidagi to‘rt belgisi
borliginiko‘rsatadi:
1) uyokibumafkurayoxuddunyoqarashtashuvchisihamdadunyova
insonni bilish hamda anglashning o‘z yo‘liga ega bo‘lishi;
2) siyosatning barcha darajalarida, ya‘ni mahalliy darajadan to xalqaro
bosqichlar bo‘g‘inlarigacha faoliyat ko‘rsatayotgan a‘zolarning
birlashmasi, tashkiloti ekanligi;
3) maqsadi hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi;
4) unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a‘zo
bo‘lishigachabo‘lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga
erishish uchunharakat qilishi.
Siyosiy jihatdan yondashganda, partiyalarning eng asosiy maqsadi davlat
boshqaruvini demokratlashtirishda kishilarning bir-birlari bilan birlashishi, ular
36
Mamadaliev SH. Xalq hokimiyatchiligi. — T., 2003. — 33-b.
34
manfaat va ehtiyojlariningqondirilishi, shuningdek inson huquqlarining teng
huquqli sub‘ekti sifatidasiyosiy tizimdan o‘ziga munosib joy olishidir
37
.
Demak siyosiy partiyalar huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo
etishda aholi turli qatlamlarining maqsad-muddaolari va manfaatlarini ifodalovchi
jamoat tashkiloti hisoblanadi. Chunki aholining o‘z xohish-irodasini erkin
bildirishi hamda uni amalga oshirishida davlat va fuqaro o‘rtasidagi vosita
vazifasini siyosiy partiyalar bajaradilar. Bu jarayon fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning muhim sharti bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirish, yoki boshqacha
aytganda, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyilni amalda
hayotga joriy etishni taqozo etadi.
Bu xususda Prezident I.Karimovning quyidagi fikri o‘rinlidir: “Har bir
partiya o‘z qiyofasiga, jamiyatning o‘zi suyanadigan qatlamlari manfaatlarini ifoda
qiluvchi aniq dasturiga ega bo‘lishi lozim. U, hozir taomilda bo‘lganidek, o‘zining
ma'lum va doimiy saylovchilariga ham ega bo‘lishi lozim. Ayni paytda har bir
partiya obro‘-e'tibor orttirishga intilishi, ko‘proq ishonch qozonishga, binobarin,
qonun chiqaruvchi va vakillik organlarida, keyinchalik esa hokimiyatning ijrochi
organlarida ham ko‘proq o‘rin olishga harakat qilmog‘i darkor. Xalqqa saylov oldi
mavsumida e'lon qilgan dasturining eng to‘g‘ri ekanini, mamlakat intilayotgan
maqsad, farovon hayotga aynan mana shu dastur orqali erishish mumkinligini isbot
qilgan holda, uni izchillik bilan hayotga tatbiq etishi lozim”
38
.
Jamiyatni yanada demokratlashtirish yo‘lida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat hayotida aks etayotgan
samarali natijalarini qayd etib, shuni e'tiborga olish kerakki, siyosiy partiyalar
faoliyati modernizatsiyalashgani sari faoliyatining huquqiy asoslari yangi
bosqichga ko‘tarilishi ro‘y beradi. Mazkur jarayonlar to‘g‘risida Prezidentimiz
I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “...jamiyatimiz rivojlangani, yuksak
bosqichlarga ko‘tarilgani sari davlatning ko‘pgina vazifalari, shu jumladan, nazorat
37
Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. — T., 1998. — 31-b.
38
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T.4. –T.: “O’zbekiston”, 1996. –B.205-207.
35
vazifasi ham, uning roli va ahamiyati ham tobora kamayib, u o‘z o‘rnini jamoat va
nodavlat tashkilotlariga, fuqarolar uyushmalari va idoralariga berishi, bu jarayon
to‘xtovsiz kuchayib borishi zarur”
39
.
Siyosiy partiyalar faoliyati borasida Prezident I.Karimovning quyidagi fikri
ham o‘rinlidir: “Har qaysi siyosiy partiyaning jamiyatimizdagi kuchi ularning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy sohalarda taklif etgan va amalga
oshirayotgan dasturlarining ta'siri va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan tarafdorlari
soni bilan o‘lchanadi.
Binobarin, partiyalar o‘zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha
jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy ongi va
faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va o‘zgarishlarga o‘tkazadigan ta'siri
tobora ortib boraveradi”
40
.
Yuqoridagilardan kelib chiqb aytishimiz mumkinki hozirgi davrda barcha
demokratik mamlakatlar va fuqarolik jamiyatlaridagisiyosiy partiyalar mavjud
konstitutsiyaviy huquq me‘yorlarini saqlagan, shuningdek, fuqarolarning huquq
va erkinliklariga daxl qilmagan holda o‘zmamlakatlarida uzoq davrlar
mobaynida shakllangan siyosiy jarayonlar vamunosabatlar taomillari doirasida
muqobil siyosiy yo‘llarni ifoda etuvchi vositasifatida faoliyat ko‘rsatib
kelmoqdalar.
Yuqoridagi olimlar fikrlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy
partiyalar va ijtimoiy harakatlar xalq bilan hokimiyat o‘rtasidaasosiy
bog‘lovchi bo’lgandagina haqiqiy demokartiya shakillanishi mumkin.
Shuningdek bugungi kunda mamlakat siyosiy hayotining barcha
sohalarini, davlat vajamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy,
iqtisodiy faolliginikuchaytirish va insonning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishi uchuntegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o‘z xohish-
irodasini erkin ifodaetish, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya
39
Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – T.: O’zbekiston, 2002. –B. 157-b.
40
Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va
xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O’zbekiston. 2007.
–B. 102-103.
36
qilish huquqinirivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda
mavjud bo‘lgan turlimanfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar
o‘rtasidagi muvozanatnita‘minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda
siyosiy partiyalar muhim rol o‘ynaydi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |