etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy
tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining
ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida
siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz.
to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi
Konstitusiyaviy qonunlarning qabul qilinishi bunday siyosiy institutlarning
I. Bekov, K. Xamidova: O’zbekistonRespublikasiMarkaziysaylovkomissiyasi, “Saylovvasiyosiypartiyalar”
20
rivojlanishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Tabiiyki, mamlakatdagi siyosiy
partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning
jamiyatdagi o‘rni ancha oshdi. Siyosiy partiyalarning demokratik prinsiplar asosida
faoliyat ko‘rsatishlarini ta'minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada
rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy
asoslari
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi
hisoblanadi. 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida
“o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan,
madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda
ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin
bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar
va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy,
ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy
uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa
birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”
26
deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor
yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi
belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi
huquqlari ham belgilangan (34-modda)”.
27
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy
partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58-
moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari
26
O’zbekistonRespublikasi “Jamoatbirlashmalarito’g’risida”giQonuni.(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 2014 y., 50-son, 588-modda)
27
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent .: O’zbekiston, 2014y. 13 bet.
21
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy
qilingan.
Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida
ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy
irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari
orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar o‘z
faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil
qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta
moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan
Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy
partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular
faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi
zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar
mavjud ekanligini ko‘rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: