Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD –



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD – 
International Fund of Agricultural Development)
62
– 1977 yilda 
tuzilgan va BMTning ixtisoslashgan muassasasi sifatida ish olib boradi. 
IFADning maqsadi rivojlanayotgan davlatlar xalq xo'jaligini 
qishloq xo'jaligi aholisining eng kambag'al qatlamlariga yordam 
ko'rsatish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo'li bilan 
rivojlantirish uchun qo'shimcha mablag'larni safarbar qilishdir. 
Fond sarmoyasi asosan rivojlangan davlatlar (50%dan ortiq) va 
rivojlanayotgan davlatlar (40% dan ortiq) badallari evaziga bunyod 
bo'ladi. Uning taqsimlanishi badal to'lovchi asosiy davlatlar o'rtasidagi 
kelishuvga ham bog'liq. 
Jahon savdo tashkiloti
63

1944yilBretton-Vuddsda (AQSH) 
bo'lib o'tgan valyuta-moliya konferensiyasida Xalqaro valyuta 
jamg'armasi (XVJ) va Jahon bankini tashkil etish to'g'risidagi 
kelishuvlar qatori Butunjahon savdo tashkilotini (BST) (World Trade 
Organization) tuzish haqida ham kelishuvga erishildi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolar, savdo siyosati, iqtisodiy taraqqiyot, bandlik, cheklangan 
ishchanlik amaliyoti, investitsiyalar, xalqaro savdo bitimlari va boshqa 
masalalarni ko'p tomonlama darajada tartibga solishni BST vazifalariga 
kiritish ko'zda tutildi. Ko'plab import cheklovlarini bartaraf etish, 
tovarlar savdosini imkon qadar erkinlashtirish Tashkilotning savdo 
sohasidagi asosiy maqsadi bo'lishi kerak edi. BST Ustav loyihasi qator 
xalqaro konferensiyalarda muhokama etilib, uning yakuniy matni 
Gavanada qabul qilindi va Gavana xartiyasi deb ataldi. 
Xartiya 1947yilJenevada imzolangan va Tariflar va savdo bo’yicha 
bosh shartnoma (TSBSH) nomini olgan tegishli xalqaro bitim asosini 
62
 
http://www.ifad.org/index.htm
 - ташкилотнинг расмий сайти. 
63
 
https://www.wto.org/
 - ташкилот расмий сайти. 


102 
tashkil qildi. 1948 yilda TSBSH xalqaro savdo aloqalari tizimida muhim 
o'rin egalladi.
JST TSBSH shafeligida o'tgan 1986-1994 yillarda ko'p tomonlama 
savdo muzokaralari bo’yicha Urugvay raundi yakunlariga ko'ra, Tariflar 
va savdo bo’yicha bosh shartnoma vorisi sifatida tashkil etildi. Urugvay 
raundi 1994yil 15 aprelda Marokash prtokoli (Yakuniy hujjat) tuzilishi 
bilan yakunlandi va BSTni tasdiqlash to'g'risidagi shartnomani imzolash 
imkonini yaratdi.
Shunday qilib, 1995 yil BST davlatlar o'rtasida savdo-sotiq 
masalalari bo’yicha global qoidalar bilan shug'ullanadigan yagona 
xalqaro organ sifatida TSBSH o'rnini egalladi.Bugungi kunda BST 
tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk ob'ektlari bilan xalqaro savdo 
qoidalarini belgilaydigan va ularning bajarilishini nazorat qiladigan 
Yilrik xalqaro iqtisodiy tashkilotdir.
BST huquqiy asosini 1994 yilgi tahrirdagi Tariflar va savdo 
bo’yicha bosh bitim, Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (XSBB) va 
Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to'g'risida bitim tashkil 
qiladi.
BST Bosh qarorgohi Jeneva shahri, Shveytsariyada joylashgan. 
BST 
BMT 
muassasalari 
tizimiga 
kirmaydi, 
ammo 
BMT 
ixtisoslashtirilgan muassasalarining barcha imtiyozlaridan foydalanadi. 
Tashkilot byudjeti va unga a'zo ayrim davlatlar badalining miqdori 
an'anaviy amaliyot va TSBShning 1947 yilgi qoidalariga asoslangan. 
2015yil5 avgust holatiga ko'ra, JSTga 160 davlat a'zo hisoblanadi.
BSTni tashkil etish to'g'risidagi bitim umumiy shaklda TSBSH 
kirish qismini takrorlaydigan kirish qismi, JST huquqiy vositalarini o'z 
ichiga olgan 16 ta modda va 4 ta ilovadan iborat. Bitimda BST huquqiy 
tizimini tashkil qiladigan 56 hujjatni amalga oshirish uchun ko'p 
tomonlama yagona tuzilmani tashkil etish ko'zda tutilgan.
BST to'g'risidagi bitimning 2-moddasida 1, 2 va 3-ilovada qayd 
etilgan hujjatlar Bitimning tarkibiy qismi bo'lib, ularning ilovalari 
BSTning barcha a'zolari uchun huquq va majburiyatlarni tashkil etishi 
belgilangan. BSTga a'zo mamlakatlar ularni hech qanday istisnosiz 
qabul qilishi va milliy qonunchilikni mazkur hujjatlar normalariga 
muvofiqlashtirishi lozim. 4-ilovada Fuqaro aviatexnikasi savdosi 
to'g'risida bitim va Hukumat xaridlari to'g'risidagi bitim mavjud bo'lib, 
bu faqat ularni imzolagan davlatlarga tegishlidir. BST yuridik shaxs 
maqomiga ega va uning har bir a'zosi tashkilotga o'z vazifalarini 
bajarishi uchun zarur bo'ladigan huquqdorlikni taqdim etadi.


103 
BST vazifalari Bitimning III-moddasida BST huquqiy hujjatlarini 
bajarish va qo'llashga ko'maklashish, uning a'zolari o'rtasida ko'p 
tomonlama savdo munosabatlari bo’yicha muzokaralarni tashkil etish,
BST a'zolarining savdo siyosatini davriy sharhlash mexanizmi 
faoliyatini ta'minlash, Tortishuvlarni hal etish qoida va protseduralari 
to'g'risidagi kelishuvni bajarish sifatida belgilangan.
BST tashkiliy tuzilmasi Vazirlar konferensiyasi, BST oliy organi, 
Bosh kengash, Kotibiyatni o'z ichiga oladi. 
Vazirlar konferensiyasi BSTning barcha huquqlariga ega bo'lib, 
uning barcha vazifalarini bajarishi va qarorlar qabul qilishi mumkin. 
Konferensiyalar oralig'idagi tanaffus paytida uning vazifasini Bosh 
kengash bajaradi. Kengash tortishuvlarni hal etish organi va savdo 
siyosatini sharhlaydigan organ sifatida faoliyat yuritishi mumkin. 
Bunday holatlarda Kengash alohida raislar va o'z qoida va 
protseduralariga ega bo'ladi.
Vazirlar konferensiyasi va Bosh kengash BSTni tashkil etish 
to'g'risidagi bitim va Ko'p tomonlama savdo munosabatlarini sharhlash 
haqida qaror qabul huquqiga ham egadir.
BSTni tashkil etish to'g'risidagi bitim boshqa uchta asosiy organ, 
ya'ni Tovarlar savdo bo’yicha kengash, Xizmatlar savdosi bo’yicha 
kengash va Intellektual mulkning savdo jihatlari bo’yicha organni ta'sis 
etdi. Tovarlar savdosi bo’yicha kengash tovarlars avdosini o'z ichiga 
oladigan barcha shartnomalar bajarilishini va ularning ishlashini nazorat 
qiladi (BSTni tashkil etish to'g'risidagi bitimga 1A-ilova). Holbuki, 
ushbu shartnomalarning aksariyati o'z nazorat organlari mavjud 
bo'lishini ko'zda tutadi. Qolgan ikki kengash esa BSTning ular vakolati 
sohasiga kiradigan shartnomalari uchun javob beradi (1B va 1C-
ilovalar). Kengashlar zaruratga qarab, o'zining yordamchi organlarini 
tashkil etishi mumkin. 
Vazirlar konferensiyasi yana uchta organni tashkil qilgan: 
• Rivojlanayotgan mamlakatlarga taalluqli masalalar bilan 
shug'ullanadigan Savdo va rivojlanish qo'mitasi; 
• BST a'zolari va to'lov balanslarida murakkab holatlar yuzaga 
kelganda TSBShning XII va XVIII-moddalari qoilariga muvofiq 
savdoda cheklov choralarini qo'llaydigan mamlakatlar o'rtasida 
maslahatlar o'tkazish uchun javob beradigan To'lov balanslari bo’yicha 
qo'mita; 
• BST byudjeti va uni moliyalashtirish uchun javob beradigan 
Byudjet, moliya va ma'muriy masalalar bo’yicha qo'mita. BST doirasida 


104 
konsensus yo'li bilan qabul qilingan TSBSH-1947 tizimi faoliyat 
ko'rsatmoqda. Har bir mamlakat muzokaralar o'tkazish uchun bir xil 
imkoniyatlarga ega emasligiga qaramasdan, konsensus qoidalari 
tashkilotning har bir a'zosi ovozga ega ekani va norozi tomonlar 
bo'lmagandagina qaror qabul qilinishi mumkinligini anglatadi. BST 
mexanizmi shu tariqa tashkilotga a'zo barcha davlatlar hukumatlarini 
teng imkoniyatlar bilan ta'minlaydi. Konsensusga erishilgan holatlarda
qaror ovoz berish yo'li bilan qabul qilinadi. Bunda har bir a'zo davlat bir 
oqozga ega bo'ladi. Qabul qilingan shartnomalar a'zo davlatlar 
parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinadi. 
BSTni tashkil etish to'g'risidagi bitim ikki turdagi, ya'ni dastlabki 
va qo'shilish yo'li bilan a'zolikni ko'zda tutadi. O'zbekisiton Respublikasi 
BSTga qo'shiladigan ikkinchi guruhdagi mamlakatlar sirasiga kiradi. 
TSBSH-1947 tizimining BSTni ta'sis etish to'g'risidagi bitim 
bo’yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan Ahdlashuvchi tomonlar 
hamda Yevropa hamjamiyati dastlabki a'zolar (ta'sischi a'zolar) 
hisoblanadi.
Bitimning XII-moddasida har qanday davlat yoki o'z tashqi 
savdosini yuritishda to'liq mustaqil bo'lgan alohida bojxona hududi 
BSTga ushbu davlatlar va BST o'rtasida kelishiladigan shartlar asosida 
qo'shilishi mumkinligi qayd etilgan. Qo'shilish to'g'risidagi qarorni 
Vazirlar konferensiyasi BST a'zolari ovozining uchdan ikki qismi 
asosida qabul qiladi. Biroq, TSBSH an'analariga ko'ra, qaror konsensus 
yo'li bilan qabul qilinadi. Qo'shilish protsedurasi, uning asosiy 
bosqichlari va hujjatlar BST Kotibiyatining maxsus hujjati – 1995yil24 
martdagi “XII-moddaga muvofiq muzokaralar yuritish protseduralari”da 
batafsil bayon etilgan.
BSTga a'zo davlatlar obro'sizlantirmaydigan savdo tizimi doirasida 
o'zaro hamkorlik qiladi. Ushbu tizimda har bir mamlakat boshqa 
davlatlar bozorida o'z eksportiga nisbatan adolatli munosabatda bo'lish 
kafolatiga ega bo'ladi va o'z bozorida import uchun xuddi shunday 
sharoitlar yaratishni zimmasiga oladi.
BST doirasida tortishuvlarni bartaraf etish tizimi xavfsizlikni 
ta'minlash va jahon savdo tizimini oldindan bashorat qilishda muhim 
element hisoblanadi. 
Tortishuvlarni bartaraf etadigan Qoida va protseduralar to'g'risidagi 
kelishuvga muvofiq (qarang. BSTni tashkil etish to'g'risidagi bitimga 2-
ilova), BST a'zolari savdo qoidalari buzilishiga yo'l qo'Yillishi 
mumkinligiga nisbatan bir tomonlama harakat qilmaslik haqida 


105 
majburiyatni o'z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, ular tortishuvlarni 
bartaraf etishning ko'p tomonlama tizimi doirasida bahli masalalarni hal 
etadi va uning qoida va qarorlariga bo'ysunadi.
BST Bosh kengashi har qanday shartnoma, masalan Urugvay 
raundining Yakuniy hujjatida qayd etilgan shartnomalar tufayli yuzaga 
keladigan masalalarni hal etish uchun Tortishuvlarni bartaraf etish 
organi sifatida chaqirilishi mumkin. Tortishuvlarni bartaraf etish organi 
muayyan tortishuvlarin ko'rib chiqish uchun hakamlar guruhini tashkil 
etish, bunday guruhlarga, shuningdek, appelyatsiya organlariga taqdim 
etiladigan ma'ruzalarni ko'rib chiqish, qaror va tavsiyalar bajarilishini 
kuzatish, tavsiyalar bajarilmagan taqdirda javob choralarini qo'llashga 
ijozat berish kabi alohida vakolatlarga egadir.
Tortishuvlarni BST doirasida bartaraf etish mexanizmining 
maqsadi tortishuvlarning amaliy yechimini ta'minlashdan iborat. Shu 
tariqa, tomonlarning BST qoidalariga binoan tashkilot a'zolari o'rtasidagi 
munosabatlarda yuzaga keladigan muammolaning maqbul yechimini 
topishga intilishi rag'batlantiriladi. Masalaning bunday yechimiga 
manfaatdor hukumatlar o'rtasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar 
jarayonida ham erishish mumkin.
Jumladan, tortishuvlarni bartaraf etishning dastlabki bosqichida 
bunday 
maslahatlarni 
o'tkazish 
majburiy 
shart 
hisoblanadi. 
Muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda va har ikki tomon e'tiroz bildirmasa, 
tortishuv Bosh direktorga ko'ritb chiqish uchun kiritilishi mumkin. Bosh 
direktor rasmiy shaxs sifatida (ex officio) tomonlarni yaratish va 
tortishuvni bartaraf etish maqsadida ularga o'zining ezgu xizmatlari va 
vositachiligini taklif etadi.
Agarda maslahatlar 60 kun ichida uutilgan natijalarni bermasa, 
da'vogar Tortishuvlarni bartaraf etish organiga ishni ko'rib chiqish uchun 
hakamlar guruhini tashkil etish to'g'risida murojaat qilishi mumkin. 
Amaldagi protseduralarga ko'ra, Tortishuvlarni bartaraf etish organi 
konsensus asosida hakamlar guruhini tashkil etishga qarshi qaror qabul 
qilinmasa, bunday guruhni tuzish to'g'risidagi arizani ikkinchi marotaba 
ko'rib chiqadigan muddatdan kechiktirmasdan hakamlar guruhini 
taYilnlashga majbur. 
Kelishuvda ko'zda tutiladigan standart vakolatlarga muvofiq 
hakamlar guruhi shikoyatni da'vogar tayanadigan shartnoma nuqtai 
nazaridan ko'rib chiqadi va Tortishuvlarni bartaraf etish organiga 
tavsiyalar qabul qilish yoki shartnoma matniga ko'ra o'z qarorini 
chiqarishga yordam beradigan xulosalarga keladi. 


106 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish