NAZORAT UCHUN SAVOL VA KAZUSLAR
1.Oʻzbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuni 1-moddasida bank faoliyatiga ta’rif berilgan va unga
ko‘ra bank faoliyati bu yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul
qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish
yoki investitsiyalash uchun foydalanishdir. Mazkur qonunning
4-moddasida bank operatsiyalarining turi sanab o‘tilgan. Bank
faoliyati va bank operatsiyalari o‘rtasida qanday farq bor? Yoki ikkalasi
ham bir xil tushunchami?
2.Oʻzbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuni 1-moddasiga asosan banklar tijorat tashkiloti deb
210
hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan. Sizningcha, bank faoliyatini tadbirkorlik
faoliyatining bir turi ekanligi nimalarda namoyon bo‘ladi va mazkur
tadbirkorlik faoliyatining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
3. “Muruvvat audit” auditorlik firmasining yosh auditori I. Salimov
o‘zining birinchi mustaqil auditorlik tekshiruvini “Baraka” MChJda
amalga oshirilgan tekshiruvda o‘tkazdi. 2014-yil oktabr oyida o‘tkazilgan
mazkur tekshiruv davomida I. Salimov “Baraka” kompaniyasining
direktori o‘rinbosari A. Mo‘minov xatti-harakatlari natijasida 25 million
so‘m miqdorida zarar yetkazayotganligini tasdiqlovchi faktlarni aniqladi.
Agar shu holat yana davom etaversa, kompaniya tomonidan ko‘riladigan
zarar summasi yanada ko‘payishi mumkin ekanligi oydinlashdi. I. Salimov
mazkur holat boʻyicha qanday yo‘l tutish lozimligini bilmay o‘ylanib qoldi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
4.“Cadillac” MChJ (matnda keyingi o‘rinlarda – jamiyat)ning valyuta
operatsiyalari boʻyicha hisobi va hisobotining to‘liqligi va to‘g‘riligini
tekshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining valyuta qonunchiligi va
valyutani tartibga soluvchi organlarning huquqiy hujjatlariga rioya qilish
ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi “Sunny Bank” banki (matnda keyingi o‘rinlarda –
bank)ka 7 kunlik muddat ichida jamiyatning 2015-yil 1-yanvaridan hozirgi
kunga qadar bo‘lgan faoliyati to‘g‘risida maʼlumotlar va hujjatlar taqdim
qilishi boʻyicha ko‘rsatma berdi. Bank ko‘rsatmaning qonunga muvofiq
emasligi hamda uning tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyati sohasidagi
huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotganligini iddao qilib, ushbu
normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatni sud tartibida Moliya vazirligi
bank siri to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik normalarini buzganlikda
aybladi. Bundan tashqari, 7 kunlik muddat ichida jamiyat faoliyati
to‘g‘risida maʼlumotlar va hujjatlar taqdim qilishi asoslantirilmaganligi,
qisqa va ko‘rsatmada ifodalangan talablarni bajarish imkonini bermasligini
ma’lum qildi. Moliya vazirligi esa valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida
rezident (“Cadillac” MChJ) to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bankdan 2003-yil
11-dekabrdagi 556-II son Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani
tartibga
solish
to‘g‘risida”gi
qonunining
20-moddasi talablariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida so‘rayotganligini
e’tirof etdi. Qonunning talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida
rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta
operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini valyutani nazorat
211
qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda nazorat
qiladi.
Shuningdek, Moliya vazirligi ushbu vaziyatda yuqoridagi qonunning
1-moddasi talabidan, ya’ni valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat ekanligidan
kelib chiqish lozimligini hamda bank qonunchiligi normalaridan kelib
chiqib hal qilinmasligini aytdi.
1. Mazur holatni normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda
sharhlang va tahlil eting.
2. Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, valyuta qonunchiligi va bank
qonunchiligi normalarining o‘zaro munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan
normalarini talqin eting hamda bildirilgan fikrlarni normativ-huquqiy
hujjatlarga asoslangan holda bayon eting.
3. Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, chet el valyutasida operatsiyalarni
amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan normalarni talqin eting
hamda bildirilgan fikrlarni normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan
holda bayon eting.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |