TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI
3-kurs talabalari uchun
Modul nomi: Mehnat huquqi
Ish turi: Yakuniy nazorat
O‘tkazilgan sana: 28.01.2022 y.
A bo‘limdagi 2 ta mantiqiy savolga javob yozilishi shart.
№
|
Baholash mezonlari
|
1-mantiqiy savol
|
2-mantiqiy savol
|
1.
|
Mantiqiy savolning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va
javobning to‘liqligi hamda savol mazmuniga mos kelishi
|
|
|
2.
|
Javobning nazariy asoslanganligi, modul asosiy tushuncha va kategoriyalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi hamda mustaqil
fikrlarning bayon qilinganligi
|
|
|
3.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi va to‘g‘ri qo‘llanilganligi
|
|
|
4.
|
Grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud
emasligi
|
|
|
|
Jami ball
|
|
B bo‘limdagi 1 ta kazusga javob yozilishi shart.
№
|
Baholash mezonlari
|
Kazus
|
1.
|
Mantiqiy savolning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda savol mazmuniga mos kelishi
|
|
2.
|
Javobning nazariy asoslanganligi, modul asosiy tushuncha va kategoriyalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi hamda mustaqil fikrlarning bayon qilinganligi
|
|
3.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi va to‘g‘ri qo‘llanilganligi
|
|
4.
|
Grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi
|
|
|
Jami ball
|
|
Qo‘shimcha taqriz uchun:
Tekshiruvchi F.I.O va imzosi:___________
_____________________________________________________________________________
________________________ __________
Talabaning F.I.O. Kurs
Modul nomi :
____________________
talabaning imzosi
Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi __________________________________________
2 variant
A-bo‘lim
2 mantiqiy savol
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa” va “kasb kasalligi” tushunchalari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibini tushuntiring.
O‘zb Resning Mehnatni muhofaza qilish qonunining 4 moddasida “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa” va “kasb kasalligi” tushunchalariga aniq ta’rif berib o‘tilgan bo‘lib:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
kasb kasalligi – xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi;
— yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan kasalliklar. Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab bo‘lgan zararli omillarning o‘ziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq. Kasb kasalliklarining zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb kasalliklarining fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brusellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida (q. Zaharlanish), ba’zi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zo‘riqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘ladi.
190-modda. Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetganligi munosabatibilan to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori
1. Xodimning sog‘lig‘iga yetgan zarar tushunchasi ikki qismga bo‘linishi mumkin. Ular: birinchidan, bevosita zarar, ya’ni xodim sog‘lig‘iga zarar yetishi tufayli mehnat qobiliyatining yo‘qolishi yoki pasayishi natijasida yo‘qotilgan ish haqi (ish haqi olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi, to‘liq ish haqi ololmaslik; ikkinchidan sog‘liqqa zarar yetishi bilan zarar bog‘liq holdagi qo‘shimcha moddiy yo‘qotishlar. Bular jumlasiga:
a) salomatlikni tiklash xarajatlari;
b) dori-darmon xarajatlari;
v) kuchli ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar;
g) protez-ortopediya xarajatlarining vositalari bilan bog‘liq ta’minlash xarajatlari;
d) sanatoriy-kurort, reabilitatsiya xarajatlari;
ye) parvarishlash xarajatlari;
j) tegishli hollarda bir martalik nafaqa.
2. Kasbga oid mehnat qobiliyati - muayyan kasb-hunarga oid ko‘nikmalar, mahorat, ushbu kasb bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat vazifalarini o‘ziga xos usul va vositalardan foydalanadigan holda bajara bilish layoqati.
Organizmda yuz bergan patalogik o‘zgarishlar, somatik buzilishlar natijasida muayyan kasbiy vazifalarga butunlay yoki qisman layoqatsiz bo‘lib qolish - kasbiy mehnat qobiliyati butunlay yoki qisman yo‘qolganligini anglatadi. Kasbiy mehnat qobiliyatining yo‘qolishi tufayli xodim muayyan vazifa, kasb-hunar, lavozim bilan bog‘liq ishlarni bajarishi shu tufayli darajada ish haqi olish imkoniyatini yo‘qotadi.
Kasbga oid mehnat qobiliyati to‘liq yoki qisman yo‘qotilganligi va uning darajasi tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyaning tekshiruvi natijasida uning xulosasiga binoan belgilanadi (qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy mehat ekspertiza komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”.
3. Zararni qoplash chog‘ida hisobga olinadigan va olinmaydigan daromadlar turlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Mehnatda mayib bo‘lganlarga to‘lanadigan nafaqa eng kam ish haqining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |