Zaxira yerlarning chegaralari
– yer fondining alohida mustaqil
toifasi bo‘lgan zaxira yerlarining belgilangan chegaralar doirasidagi
hududini qamrab oladi. Zaxira yerlarini hududiy joylashtirish o‘zgarib
turadi, ushbu yerlarning maydoni ob’ektiv sabablarga ko‘ra ma’lum
vaqtlarda qisqarib, muayyan muddatlarda kengayib boradi, ya’ni bu
yerlardan jamiyatga turli maqsadlar uchun bo‘sh yerlar kerak bo‘lganda
foydalaniladi.
Aholi punktlaridagi zaxira yerlar
– shaharlar va posyolkalarning
ma’muriy chegaralari doirasidagi bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan,
shahar yerlari tarkibida bo‘lish bilan bir paytda davlatning zaxira yerlari
fondiga kiritilgan yer uchastkalari.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |