Toshkent davlat yuridik universiteti


Yer  kodeksi,  “Qishloq  xo‘jaligi



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Yer  kodeksi,  “Qishloq  xo‘jaligi 
kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  to‘g‘risida”gi,  “Ijara  to‘g‘risida”gi 
“Fermer xo’jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 
qonunlar
 bilan tartibga solinadi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  Yer  kodeksida  yer  egasi,  yerdan 
foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi  mulkdori  huquqlari  sifatida 
qo‘yidagilar belgilangan: 

 
yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil 
xo‘jalik yuritish; 

 
qishloq  xo‘jalik  ekinzorlari  va  ko‘chatzorlari  hamda  dov-
daraxtlarga,  etishtirilgan  qishloq  xo‘jalik  mahsuloti  va  uni  realizatsiya 
qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi; 

 
yer  uchastkasidagi  mavjud  keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar, 
o‘rmonzorlar,  suv  ob’ektlaridan  xo‘jalik  ehtiyojlari  uchun  belgilangan 
tartibda  foydalanish,  shuningdek  yerning  boshqa  foydali  xossalarini 
ishga solish; 

 
yerlarni  sug‘orish  va  ularning  zaxini  qochirish,  agrotexnika  va 
boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish; 

 
qishloq  xo‘jalik  ekinlarini,  dov-daraxtlarni  sug‘orish  hamda 
boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv 
olish; 

 
belgilangan  tartibda  uy-joy  binolari,  ishlab  chiqarish,  madaniy-
maishiy  hamda  boshqa  imoratlar  va  inshootlarni  barpo  etish,  yer 


121 
 
uchastkalaridan  foydalanish  maqsadi  va  loyiha  hujjatlariga  muvofiq 
ularni  qayta  qurish  va  buzib  tashlash.  Yerdan  foydalanuvchilar  va 
ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli; 

 
yer  uchastkasi  olib  qo‘yilgan  taqdirda  unga  yetkazilgan 
zararning  (shu  jumladan  boy  berilgan  foydaning)  qoplanishini  yoki  yer 
uchastkasidan 
ixtiyoriy 
ravishda 
voz 
kechilganida 
sarflangan 
xarajatlarning to‘lanishini talab qilish; 

 
yer  uchastkasini  yoki  uning  bir  qismini  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  vaqtincha  foydalanishga  va  ichki  xo‘jalik  ijarasiga 
berish.  
Yer  egasi  bo‘lgan  fuqaro  yer  uchastkasiga  meros  qilib 
qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqini,  shu  jumladan  kimoshdi 
savdosi  asosida  olingan  shunday  huquqni  dehqon  xo‘jaligi  yuritish, 
yakka  tartibda  uy-joy  qurish  maqsadida  kreditlar  olish  uchun  garovga 
qo‘yishi mumkin.  
Yer  egasi,  yerdan  foydalanuvchi,  ijarachi  va  yer  uchastkasi 
mulkdori  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  huquqlarga  ham  ega 
bo‘lishi mumkin.  
Huquq 
va 
majburiyatning 
qat’iy 
belgilanishi 
yerlardan 
foydalanishda  qonun  buzilishi  va  yerlardan  samarasiz  foydalanilishini 
oldini olishga  xizmat qiladi.  Shu jihatdan yerlarning meliorativ holatini 
ta’minlashda  foydalanuvchilarning  majburiyatlari  ham  belgilanadi.  Yer 
kodeksining  40-moddasiga  ko‘ra  yer  egasi,  yerdan  foydalanuvchi, 
ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart: 

 
yerdan  belgilangan  maqsadga  muvofiq  oqilona  foydalanish, 
tuproq  unumdorligini  oshirish,  ishlab  chiqarishning  tabiatni  muhofaza 
qiluvchi  texnologiyalarini  qo‘llash,  o‘z  xo‘jalik  faoliyati  natijasida 
hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 

 
ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik 
kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 

 
yerlarni  muhofaza  qilishga  oid,  Yer  kodeksining  79-moddasida 
nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish; 

 
yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash; 

 
boshqa  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer  uchastkalari 
ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik; 

 
foydali  qazilma  konlarini  ishlatish,  qurilish  va  boshqa  ishlarni 
amalga  oshirish  uchun  berilgan  qishloq  xo‘jalik  yerlari  va 
o‘rmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq 
xo‘jaligi,  o‘rmon  xo‘jaligi  yoki  baliq  xo‘jaligida  foydalanish  uchun 


122 
 
yaroqli  holatga,  mazkur  ishlar  boshqa  yerlarda  amalga  oshirilgan 
hollarda  esa,  belgilangan  maqsadda  foydalanish  uchun  yaroqli  holatga 
keltirish; 

 
foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa 
ishlarni  amalga  oshirish  paytida  o‘zlariga  egalik  qilishga  va 
foydalanishga  hamda  mulk  etib  berilgan  (realizatsiya  qilingan)  yer 
uchastkalari  hududidan  tashqaridagi  qishloq  xo‘jalik  ekinzorlari, 
o‘rmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish 
yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 

 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  yerdan  foydalanish 
to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  ma’lumotlarni  o‘z  vaqtida 
taqdim etish; 

 
boshqa 
yer 
egalariga, 
yerdan 
foydalanuvchilarga, 
yer 
uchastkalarining  ijarachilariga  va  mulkdorlariga  yetkazilgan  zararni 
belgilangan tartibda qoplash.  
Qonun  hujjatlariga  muvofiq  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar, 
yer  uchastkalarining  ijarachilari  va  mulkdorlari  boshqa  majburiyatlarga 
ham ega bo‘lishlari mumkin.  
Yerlarning  meliorativ  holatini  ta’minlash  qishloq  xo‘jaligi  yerlari 
bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lganligi  bois  bu  borada  ham  alohida 
majburiyatlar  belgilanadi.  Buning  asosiy  sababi  yerning  xususiyatidan 
kelib  chiqib  belgilangan.  Fikrimizning  isboti  sifatida 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish