GLOSSARIY
Yer huquqi -
yerga oid ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga
soladigan huquqning mustaqil sohasi. Yerga oid huquqiy munosbatlar
mulkiy, ishlab chiqarish, ekologik, iqtisodiy, makon-bazis va shunga
o‘xshash turli xil jihatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Yer atrofida
vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning
aksariyat qismini yer huquqi tartibga soladi.
Yer uchastkasi
– yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga,
joylashish manziliga, huquqiy holatiga hamda yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida
aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi (Yer
kodeksining 10-moddasi, 1-bandi).
Yerga oid huquqiy munosabatlarning ob’ektlari
– foydalanilishi
va muhofaza etilishi yer huquqi normalari orqali tartibga solinadigan
ma’lum bir yer fondi toifasi va yer uchastkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |