Asosiy qonunimizning
XXII bobida mahalliy davlat hokimiyati
organlarining huquqiy holati belgilangan.Ushbu bobning
100-
moddasida
mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy
yo‘nalishi sifatida-atrof-muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati e’tirof
etilgan bo‘lib, o‘z navbatida viloyat, shahar, tuman hokimiyat va
boshqaruv organlarining yerlardan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilishdek mas’uliyatni belgilaydi.
Konstitutsiyadagi qoida-talablar yerga doir huquqiy munosabatlar
tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Ushbu konstitutsiyaviy
tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me’yoriy–
huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |