Yer
huquqining
normalari
yerlarning
holati
haqida
axborotlardan erkin foydalanish prinsipi
asosida amal qiladi. Unga
ko‘ra, yer uchastkalarining davlat dasturi ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning
tabiiy, xo‘jalik holati va huquqiy maqomi, miqdor va sifat bahosi va
boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi axborotlar ochiq, to‘liq, ishonarli hamda
hamma uchun maqbul tarzda xohlovchilarga va foydalanuvchilarga
berilishi kerak. Yerlarning holati haqida axborot davlat organlari,
yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim turlari uchun tekin, ayrim
yuridik va jismoniy shaxslar uchun pulli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |