Qirg‘iziston Respublikasining
1999 yil 2 iyundagi Yer kodeksiga
(18-bob) muvofiq, zaxira yerlar mulk huquqi yoki foydalanishga
byerilmagan barcha yerlardan iborat bo‘lib, ushbu yerlar davlat mulki
hisoblanadi. Zaxira yerlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Hukumat tomonidan ishlab chiqiladi va Qirg‘iziston Respublikasi
Joqorg‘i Kengesi (parlament) tomonidan tasdiqlanadi (93-modda).
Zaxira yerlar vakolatli organlar yurituvida bo‘ladi hamda qishloq
xo‘jaligi va boshqa maqsadlar uchun ushbu kodeksda belgilangan tartib
va shartlar asosida foydalanishga byeriladi (94-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |