Toshkent davlat yuridik universiteti


Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati 
 
Mamlakatimizda  transport  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlarning 
ahamiyati  ushbu  sohaning  jadal  rivojlanishi  munosabati  bilan  tobora  ortib 
bormoqda.  Temir  yo‘l  transport  kommunikatsiyalarini  yanada  rivojlantirish 
ishlari,  temir  yo‘l  tarmoqlarini  elektrlashtirish  loyihalari  izchillik  bilan 
amalga  oshirilmoqda.  Transport  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  quyidagi 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi: yo‘l harakati faoliyatini ta’minlash 
uchun  byeriladi;  asosan  ommaviy  mulkda  bo‘ladi;  ularning  asosiy 
foydalanish maqsadi transport ob’ektlarini joylashtirish uchun hududiy bazis 
vazifasini bajarishdan iborat bo‘ladi; o‘ziga xos ichki tuzilmasiga – umumiy 
foydalanishdagi yo‘llar, ajratilgan mintaqa va muhofaza zonalariga ega
46

Transport  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlardan  oqilona  foydalanish  va 
muhofaza  qilish  maqsadida  ularni  boshqarish  bo‘yicha  maxsus  organlar 
tizimi shakllantiriladi va uning tarkibiga umumiy, maxsus, tarmoq (idoraviy) 
va  ichki  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  kiradi.  Bunda  yerlarni  boshqarish 
jarayonida  ularning  o‘zaro  hamkorligi  yuz  beradiki,  bu  transport  yerlaridan 
oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilishni  ta’minlash  imkoniyatini  beradi. 
Transport  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlarni  boshqarish  funktsiyasini 
boshqaruv  organlarining  yaxlit  tizimi  amalga  oshiradi,  demakki,  ushbu 
yerlarni  boshqarish  bo‘yicha  yagona  maxsus  vakolatli  davlat  organi  mavjud 
emas. 
Transportning  quyidagi  turlari  mavjud:  temir  yo‘l,  ichki  suv  transporti, 
avtomobil,  havo  va  truboprovod  transporti.  Transport  maqsadlariga 
mo‘ljallangan  yerlar  qoida  tariqasida  tegishli  tashkilotlarga  doimiy 
foydalanish huquqi asosida byeriladi.  
 
46
 Абузярова Д.Ф. Правовой режим земель автомобильного транспорта в Российской Федерации:  Автореф. 
дисс. ... канд. юрид. наук. – М., 2011. – 25 с. 


186 
 
Transportning  turidan  kelib  chiqqan  holda  uning  uchun  mo‘ljallangan 
yerlarning  huquqiy  holati  o‘ziga  xos  huquqiy  tartibga  ega  bo‘ladi.  Xususan, 
avtomobil  yo‘llari  uchun  ajratilgan  yerlarning  huquqiy  holati  O‘zbekiston 
Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi
47
 
hamda  1998  yil  29  avgustdagi  “Avtomobil  transporti  to‘g‘risida”gi
48
 
qonunlarida  ham  o‘z  aksini  topgan.  Xususan,  “Avtomobil  transporti 
to‘g‘risida”gi  Qonunning  5-moddasiga  muvofiq,  avtomobil  transporti 
faoliyatini  ta’minlash  uchun  yerlar  yer  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda doimiy foydalanishga byeriladi. 
“Avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risida”gi  Qonunda  esa,  avtomobil  yo‘llarida 
ajratilgan  mintaqa  va  yo‘l  bo‘yi  mintaqalari  belgilanishi  ko‘rsatilgan. 
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarining uchta 
turi ko‘rsatilgan: 1) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; 2) shaharlar 
va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari; 3) xo‘jalik avtomobil yo‘llari. 
Yuqorida  keltirilgan  qoidalar  va  holatlar  o‘z  navbatida  avtomobil 
transporti  maqsadlari  uchun  yer  uchastkalarining  huquqiy  holatini 
belgilashda inobatga olinadi.  
Temir 
yo‘l  transportining  huquqiy  holati  esa,  O‘zbekiston 
Respublikasining  1999  yil  15  apreldagi  “Temir  yo‘l transporti  to‘g‘risida”gi 
766-I-sonli  Qonuni
49
  bilan  tartibga  solinadi.  Ushbu  Qonun  bilan  umumiy 
foydalanishdagi temir yo‘llar, ajratilgan mintaqa va muhofaza zonalari bilan 
bog‘liq muhim qoidalar belgilangan.  
Xususan, uning 1-moddasiga muvofiq, temir yo‘llardan, elektr ta’minoti 
va  aloqa  tarmoqlaridan  bir  me’yorda  foydalanishni,  temir  yo‘l  transporti 
inshootlari,  qurilmalari  va  boshqa  ob’ektlarining  saqlanishi,  mustahkamligi 
va turg‘unligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari, shuningdek 
temir  yo‘l  transporti  yerlariga  tutash  bo‘lgan  siljuvchi  tuproqli  yerlar 
muhofaza zonasi hisoblanadi.  
Shuningdek,  Qonunga  binoan,  tashish  jarayonining  uzluksizligini, 
harakat  xavfsizligini  va  avariya-tiklash  ishlari  o‘tkazilishini  bevosita 
ta’minlovchi temir yo‘l transporti korxonalari, umumiy foydalanishdagi temir 
yo‘llar  va  temir  yo‘l  transportining  boshqa  mol-mulkiga  nisbatan  mutlaq 
davlat mulki o‘rnatilgan. 
“Temir  yo‘l  transporti  to‘g‘risida”gi  Qonunda  temir  yo‘l  transporti 
yerlari  tarkibi  ham belgilab  byerilgan.  Xususan,  temir  yo‘l  transporti  yerlari 
jumlasiga davlat tomonidan temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va 
 
47
  O‘zbekiston  Respublikasining  02.10.2007  y.  O‘RQ-117-sonli  “Avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risida”gi  Qonuni  // 
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2007 yil, 40-son, 410-modda. 
48
  O‘zbekiston  Respublikasining  29.08.1998  y.  674-I-sonli  “Avtomobil  transporti  to‘g‘risida”gi  Qonuni  // 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 1998 y. 9-son, 174-modda. 
49
  O‘zbekiston  Respublikasining  15.04.1999  y.  766-I-sonli  “Temir  yo‘l  transporti  to‘g‘risida”gi  Qonuni  // 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi”. – 1999 y., №5, 118-modda. 
 


187 
 
tashkilotlariga  temir  yo‘l  transporti  inshootlari,  qurilmalari  va  boshqa 
ob’ektlaridan  foydalanish,  ularni  saqlash,  qurish,  rekonstruktsiya  qilish, 
ta’mirlash,  takomillashtirish  va  rivojlantirish  sohasida  ular  zimmasiga 
yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  doimiy  foydalanishga 
byerilgan yerlar kiradi (6-modda). 
Shuningdek,  Qonunga  ko‘ra,  aholi  xavfsizligini  ta’minlash,  shuningdek 
yer  ko‘chishi,  yer  cho‘kishi,  suv  oqizib  ketishi,  sel  olishi  va  boshqa  xavfli 
ta’sirlarga  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  yerlarda  joylashgan  temir  yo‘llardan 
hamda  temir  yo‘l  transportining  boshqa  ob’ektlaridan  bir  me’yorda 
foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi (7-modda). 
Ichki  suv  transporti  uchun  mo‘ljallangan  yerlarning  huquqiy  holati 
O‘zbekiston  Respublikasining  1993  yil  6  maydagi  “Suv  va  suvdan 
foydalanish  to‘g‘risida”gi  Qonuni
50
  bilan  belgilangan.  Xususan,  uning  18-
bobi  suv  ob’ektlaridan  suv  transporti  ehtiyojlari  uchun  foydalanishga 
bag‘ishlangan.  Uning  70-moddasi  umum  foydalanadigan  suv  yo‘llarining 
huquqiy  holatini  belgilaydi.  Unga  ko‘ra,  daryolar,  ko‘llar,  suv  omborlari, 
kanallar,  basharti,  suv  yo‘llari  sifatida  foydalanish  to‘la  yoki  qisman 
taqiqlangan  yoxud  ular  tanho  foydalanish  uchun  byerib  qo‘yilgan  bo‘lmasa, 
umum  foydalanadigan  suv  yo‘llari  hisoblanadi.  Kema  qatnovi  uchun  suv 
ob’ektlaridan  foydalanish  qishloq  va  suv  xo‘jaligi,  tabiatni  muhofaza  qilish 
organlari  hamda  O‘zbekiston  avtomobil  va  daryo  transporti  agentligi  bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Havo  transporti  maqsadlarga  mo‘ljallangan  yerlarning  huquqiy  holati 
esa, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi Havo kodeksi
51
 bilan 
ham  tartibga  solinadi.  Xususan,  uning  27-moddasida  ayerodromlar  va 
ayeroportlar  uchun  yer  ajratish  tartibi  belgilangan  bo‘lib,  unga  ko‘ra, 
ayerodromlar  va  ayeroportlar  qurilishi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi 
qonunlari  asosida  yer  ajratiladi.  Ayerodromlar  va  ayeroportlar  uchun 
ajratiladigan 
yer 
uchastkalarining 
sathining 
kattaligi 
O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilagan  tartibda  tasdiqlanadigan 
me’yorlar va loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida belgilanadi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish