Toshkent davlat yuridik universiteti


Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

 
Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati 
 
Amaldagi 
yer 
qonunchiligiga 
muvofiq, 
aloqa 
maqsadlariga 
mo‘ljallangan  yerlar  jumlasiga  aloqa  liniyalarini  hamda  ularga  tegishli 
inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televidenie va axborot 
 
50
  O‘zbekiston  Respublikasining  06.05.1993  y.  837-XII-sonli  “Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  // 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, №5, 221-modda. 
51
 O‘zbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 863-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan Havo kodeksi // O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, 6-son, 247-modda. 
 


188 
 
korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlariga  doimiy  foydalanishga  byerilgan 
yerlar kiradi (Yer kodeksining 69-moddasi).  
O‘zbekiston  Respublikasida  aloqa  maqsadlariga  mo‘ljallangan 
yerlarning  huquqiy  holati  O‘zbekiston  Respublikasining  yer  qonunchiligi 
bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvardagi 512-
XII-sonli  “Aloqa  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasining  1998 
yil  25  dekabrdagi  725-I-sonli  “Radiochastota  spektri  to‘g‘risida”gi  Qonuni, 
O‘zbekiston  Respublikasining  1999  yil  20  avgustdagi  822-I-sonli 
“Telekommunikatsiyalar  to‘g‘risida”gi  Qonuni  hamda  O‘zbekiston 
Respublikasining  2000  yil  31  avgustdagi  118-II-sonli  “Pochta  aloqasi 
to‘g‘risida”gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi.  
Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining 
tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik sub’ektlarining, davlat idoralarining 
pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul 
qilish  hamda  aloqa  tarmog‘i  orqali  jo‘natilayotgan  ashyolarni  yetkazib 
berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi. 
Aloqa  sohasidagi  munosabatlarning  ob’ektlari  pochta  jo‘natmalarini 
qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining 
yig‘indisi  bo‘lgan  pochta  aloqasi  tarmoqlaridan  hamda  bir  yoki  bir  nechta 
uzatish  turlarini:  telefon,  telegraf,  faksimil  uzatishlarni,  hujjatli  xabarlarning 
boshqa  turlari  ma’lumotlarini  uzatishni,  televidenie  va  radioeshittirish 
dasturlarini  translyatsiya  qilishni  ta’minlovchi  telekommunikatsiyalar 
vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat. 
“Aloqa  to‘g‘risida”gi  Qonunga  muvofiq,  davlat  aloqa  vositalarini 
rivojlantirish  va  qayta  qurish  davlat  idoralarining  mablag‘lari,  o‘z 
mablag‘lari,  banklarning  kreditlari,  jalb  qilingan  mablag‘lar  va  O‘zbekiston 
Respublikasi  qonunlarida  man  etilmagan  boshqa  manbalar  hisobiga  amalga 
oshiriladi. 
Shu  bilan  bir  qatorda,  yer  uchastkalari,  ko‘priklar,  tonnellar  orqali, 
ko‘chalardan,  inshootlardan,  kollektorlardan,  man  etilgan  hududlardan, 
o‘rmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari o‘tkazishda bunday liniyalarni 
o‘tkazish  shartlari  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilar  hamda  yuqorida 
qayd etilgan ob’ektlarning egalari bilan kelishiladi.  
Inshootlar,  yo‘llar,  ko‘priklar  va  boshqa  ob’ektlar  barpo  etilayotganda 
yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va ko‘chirish 
ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan va pochta 
va  telekommunikatsiyalar  tarmoqlarining  egalari  taqdim  etgan  texnik 
shartlarga  muvofiq  bajariladi.  Daha  ichkarisidagi  telekommunikatsiyalar 
tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va 
barpo etiladi. 
“Telekommunikatsiyalar  to‘g‘risida”gi  Qonunning  telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
yerlariga 
bag‘ishlangan 
5-moddasiga 
binoan, 


189 
 
telekommunikatsiya  inshootlari  va  ob’ektlaridan  foydalanish,  ularni  saqlash, 
qurish,  qayta  qurish,  ta’mirlash  bo‘yicha  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan 
vazifalarni  bajarish  uchun  opyeratorlarga  doimiy  foydalanishga  byerib 
qo‘yilgan  yerlar  telekommunikatsiya  tarmoqlarining  yerlari  hisoblanadi. 
Telekommunikatsiyalar faoliyatini ta’minlash uchun yerlar qonun hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  byeriladi.  Telekommunikatsiyalarning  kabel,  radiorele 
va  havo  tarmoqlaridan  foydalanishni  ta’minlash  maqsadida  muhofaza 
tegralari  belgilanadi.  Muhofaza  tegralarini  o‘rnatish  tartibi,  ularning 
o‘lchamlari, mazkur maqsadlar uchun ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Yuridik  shaxslar  binolar  va  telekommunikatsiya  inshootlarini  shu 
maqsad  uchun  byerilgan  yer  uchastkalarida  belgilangan  tartibda  barpo 
etishga,  shuningdek  binolar  va  inshootlarning  tomlariga  (tayanchlar, 
ko‘priklar,  kollektorlar,  yerosti  yo‘llari  va  boshqa  inshootlarga)  ushbu  yer 
uchastkalari, binolar va inshootlarning mulkdorlari (egalari, ijarachilari) bilan 
kelishilgan  holda  telekommunikatsiyalar  vositalarini  o‘rnatish  va  xizmat 
ko‘rsatishga haqlidirlar (16-modda).  
“Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq esa, avtomobil va temir 
yo‘l vokzallari, ayeroportlar qoshida pochta aloqasi ob’ektlarining binolari va 
inshootlari  qurilishi  uchun  yer  uchastkalari  bevosita  ularga  yaqin  joylardan 
ajratilishi,  shaharlarda  pochtamtlar  qurilishi  uchun  esa  shaharning  markaziy 
qismidan,  pochta  va  kuryerlik  jo‘natmalari  almashinuvi  uchun  sharoitlar 
ta’minlangan holda ajratilishi kyerak (19-modda). 
Guvohi  bo‘lganimizdek,  aloqa  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlarning 
huquqiy  holati  aloqa  turlaridan  kelib  chiqqan  holda  o‘ziga  xos  huquqiy 
tartibotga ega bo‘ladi.  
Demak,  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga 
mo‘ljallangan  yerlarning  huquqiy  holati  yuzasidan  xulosa  qilib  aytganda, 
ushbu  yer  fondi  toifasi  huquqiy  holati  noaniqligi,  aniq  ifodalangan  huquqiy 
maqomi  belgilanmaganligi  hamda  tarkibiy  qismlari  chegaralanmaganligi 
bilan tavsiflanadi.  
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish