Soliq to’lovchi. Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.
Soliq solish obyekti. O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining
O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan
daromadlari; O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. Yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan
daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq
solish obyekti bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |