10.6. Fransiyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi
soliq tizimi bilan solishtirma tahlili
Hozirgi kunda Fransiyadagi soliqni uch xil guruhga ajratish mumkin:
daromad solig’i, shaxslarni daromad olganda keyingi to’lanadigan solig’i
(ish haqi), iste’mol solig’i. Soliq tizimi asosan iste’mol yo’nalishiga
qaratilgan bo’lib uning asosiy ko’rsatkichi olingan foyda (daromad)dir.
Hozirda qo’shilgan qiymat solig’i ustida gap ketganda barcha ishlab
chiqarish va iste’mol uchun qilingan barcha sarf harajatlar ko’zda tutilib
barcha yo’nalishlar bo’yicha soliqqa tortilishini tushuniladi. Tashqi bozor
42
Chet mamlakatlar soliq tizimi. A.Jo'raev - T.: TMI, 2005. 183-b.
255
bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalar qo’shilgan qiymat solig’idan
ozod etiladi. Import bo’yicha bajariladigan barcha operatsiyalar QQS
tortiladi. QQS bajariladigan ishning turlariga bog’liq bo’lib, u soliq
to’lovchining moliyaviy holatiga bog’liq bo’lmaydi. Soliq stavkasi tovarni
bahosiga bog’liq bo’lmaydi. Qo’shilgan qiymat solig’i obyekti sotilgan
tovarlarni qiymati va ko’rsatilgan xizmatlar tashkil etadi. Bundan tashqari
boshqa qilingan harajatlar ham hisobga olinadi (yuklarni tashish, ortish,
tushirish, boj va h.k.). Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblaganda, xom
ashyo va yarim tayyor mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.
2004 yilgi ma’lumotga ko’ra soliqni asosiy stavkasi - 18,6% tashkil etib eng yuqori stavka
esa (22%) bu stavka asosan ayrim tovar turlariga (avtomobil, kinofototovarlar, tamaki mahsulotlari,
atrupa, qimmatbaho mo’yna) qo’llaniladi. Eng past soliq stavkasi ya’ni (5,5%) oziq-ovqat
mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, kitoblar, dori-darmonlar uchun qo’llaniladi. Xuddi
shunday past stavkalar ayrim xizmat ko’rsatish sohalari mehmonxona turisti yuk tashish, passajir
transportlari, ishlab chiqarish korxonalarida ovqatlanishlarni tashkil etish va h.k.da qo’llaniladi.
QQS dan ozod etiladi: ma’muriy ijtimoiy, tarbiyaviy, madaniy, sport
sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi davlat muassalari; qishloq xo’jaligi
ishlab chiqaruvchilar; yakka tadbirkorlik, yakka faoliyat ko’rsatuvchi
shifokorlar; diniy yo’nalishda xizmat qilayotganlar.
Qo’shilgan qiymat solig’i ayrim bojlar bilan to’ldiriladi. (boj, aksiz)
bular ham iste’mol qiymatiga ega bo’lgan iste’mol solig’ini vujudga
keltiradi. Bularni ayrimlari davlat hisobiga ayrimlari maxalliy budjetga
o’tkaziladi.Qo’shilgan soliqqa tortiladigan tovarlarga quyidagilar kiradi:
spirtli ichimliklar, tabaki mahsulotlari, gugurt, zajigalki, qimmatbaho
toshlardan tayyorlangan mahsulotlar, shakar, konditer mahsulotlar,
uchuvchi apparatlar, pivo va shifobaxsh suvlar, ayrim turdagi
avtomobillar.
Bilvosita
soliqqa
qo’shimcha
ravishda
elektrenergiyadan
foydalanganlik, televizion reklama qilinganlik uchun tortilishi. Ayrim
hududlarda dam olish maskanlarini tashkil etish imkoniyatlari bo’lsa u
holda mahalliy hokimiyat turistik yig’imlar yig’ib olishni joriy etadi.
Bojxona boji ham iste’mol solig’i hisoblanib, uning asosiy maqsadi ichki
bozorni, ishlab chiqarishni, qishloq xo’jaligini himoyalashdan iborat.
Bojxona boji davlat siyosati bo’lib, uning asosiy yo’nalishini ichki bozorni
himoyalash. Bojxona boji keltirilgan tovarlarni bahosini ichki bozor
bahosiga tenglashtirishdan iborat. Bojxona boji tovar bahosiga qarab
olinadi. Ayrim hollarda boj olishda tovarni og’irligi, hajmi hisobga olinadi.
Bunday boj, ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kinofilmlar uchun ham
256
qo’llaniladi. Korxonani sof foydasi daromad solig’iga tortiladi. Olinadigan
soliq miqdori daromad va harajat o’rtasidagi farq tenglashtiriladi.
Daromad solig’iga asosiy o’rinlardan birini jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’i tashkil etadi. Jismoniy shaxs barcha oladigan
daromadlarini hisobga olgan daromad deklaratsiyasini soliq organlariga
taqdim etadi. Daromad bu yil davomida olingan foyda tushumidir.
Hisobotda yana har xil daromadlar ham hisobga olinadi, (maqsadli
nafaqalar, ayrim ijtimoiy guruhlar, qariyalar va nogironlar) qilingan sarf
harajatlar umumiy foydadan chegirib tashlanadi. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’i progressiv xarakterga ega bo’lib, daromadlari
ma’lum belgilangan chegaradan oshsa, soliq to’lanadi. Fransiyada
ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’oz va boshqa mulklar buyicha qilingan
operatsiyalardan olingan daromadni soliqqa tortishning boshqacha
qoidalari mavjuddir.
Agar ko’chmas mulk qancha narxda sotilgan bo’lsa shu baho miqdorida sotilgan yilda
soliqqa tortiladi. Uy joyni sotishdan olgan daromad (foyda) soliqdan ozod etiladi. Agarda uy joyga
egalik qilish muddati 32 yildan ortiq bo’lsa. Shunday qilib muddatlar bo’yicha har xil stavkalar
qo’llaniladi. Agarda mulk sotuvchini qo’lida ikki yildan oshiq tursa u holda stavka kamaytiradi
xatto 0% ham kamaytiriladi. Ko’chmas mulk bo’yicha o’tkazilgan operatsiyalardan hosil bo’lgan
foyda soliqqa tortiladi. Agar uning miqdori 20 ming frankdan ortiq bo’lsa. Bu holatda uch xil soliq
stavkasi qo’llaniladi 4%, 5%, 7% - san’at asarlari uchun, 7,5% qimmatbaho metallar bilan ish
qilinganda Fransiyada xususiy mulk solig’i budjetga ko’p daromad keltiradi.
Mahalliy soliq tizimini to’rtta asosiy yo’naliga ajratish mumkin:
- yer solig’i qurib bitirilgan uchastkalar uchun;
- yer solig’i qurib bitirilmagan uchastkalar uchun;
- turar joy solig’i;
- mutaxassislik solig’i.
Bu soliq stavkalari mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanadi (bosh
kengash va mahalliy kengash). Bu soliq stavkalari davlat tomonidan
belgilangan stavkadan o’tib ketmasligi kerak. Soliq mulkning hamma
turiga binolar, inshootlar, suv xavzalari, suv yig’uvchi qurilmalar va ishlab
chiqarish va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun ajratilgan yer
uchastkalarga taalluqli. Soliqqa tortilgan qism ijaraga berilgan uchastka
qiymatini yarmini tashkil etadi. Bu soliqdan shahardan tashqarida bo’lgan
qishloq xo’jalik maqsadlaridan foydalanilgan davlat mulki binolar ozod
etiladi.
Yoshi 75 dan yuqori bo’lgan jismoniy shaxslardan, maxsus nafaqa
oluvchilardan va nogironlardan soliq olinmaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini rivojlantirish maqsadida yaratilgan su’niy o’rmonzorlar va
ularda band bo’lib turgan yer uchastkalar - ma’lum muddati soliqdan ozod
257
etilishi mumkin. Turar joy xususiy mulk kabi soliqqa tortiladi. Kam
ta’minlangan shaxs butunlay yoki qisman bu soliqdan ozod etilishi
mumkin. Doimiy mutaxassislik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va
yuridik shaxslar uchun soliq joriy etilgan.
Mahalliy boshqaruv organlari yuqorida keltirilgan soliq turlariga
qo’shimcha ravishda soliqlar va yig’imlarni joriy etishi mumkin ya’ni:
maydonlarni tozalash solig’i;qishloq xo’jalik palatalarini ta’minlash boji;
hunar ta’lim palatalarini ta’minlash boji; konlarni o’zlashtirishdagi
mahalliy yig’imlar; elektr yoritkichlar o’rnatganlik uchun maxalliy
yig’imlar; uskunalardan foydalanganlik uchun olinadigan boj; binolarni
sotishdan olinadigan soliq; transport vositalari uchun olinadigan boj; limit
darajasidan oshib ketgan qurilishlar uchun soliq; maydonni band qilish
chegarasi limit darajasidan oshib ketganligi uchun to’lanadigan soliq.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |