N
Faoliyat turi
To’lovchilar
Mazkur faoliyat
turini
xarakterlovchi
fizik ko’rsatkichlar
Fizik ko’rsatkich birligiga
har oyda qat’iy belgilangan
soliq stavkasi (birlik uchun
eng kam ish haqiga karrali
miqdorlarda)
Toshken
t sh.
Nukus sh.
va viloyat
bo’ysunuvidagi
shaharlar
boshqa
aholi
punktlari
1
Avtotransport
vositalarini
vaqtincha saqlash
yuridik
shaxslar
Egallagan maydon
(1 kv.metr)
0,1
0,06
0,04
2
Bolalar o’yin
avtomatlari
yuridik va
jismoniy
shaxslar
Jihozlangan o’rinlar
soni (birlikda)
3,0
2,0
1,0
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan
olinadigan qat’iy belgilangan soliq
STAVKALARI
(2016 yil)
N
Faoliyat turi
Qat’iy belgilangan soliqning
bir oydagi stavkasi (eng kam ish
haqiga karrali miqdorlarda)
Toshkent
shahri
Nukus sh. va viloyat
bo’ysunuvidagi
shaharlar
boshqa
aholi
punktlari
1
CHakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari bilan
9,0
6,0
3,0
dehqon bozorlarida qishloq xo’jaligi
mahsulotlari bilan*
5,0
4,0
2,0
nooziq-ovqat tovarlari bilan
10,0
6,5
3,0
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari
bilan
5,0
3,0
0,5
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan
(turg’un shoxobchalardagi aralash savdo)
10,0
6,5
3,0
214
2
Maishiy xizmatlar
3,5
1,5
0,5
3
O’z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish,
shu jumladan, milliy shirinliklar va non-
bulka mahsulotlarini tayyorlash va sotish,
shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy
davlat hokimiyati organlarining qarori bilan
maxsus ajratilgan joylarda o’tirish joylari
tashkil qilmasdan donalab sotiladigan
ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va
sotish
2,0
1,5
1,0
4
Boshqa faoliyat turlari
2,0
1,5
1,0
5
Avtomobil transportida yuk tashishga oid
xizmatlar:
3 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega
yuk avtomobillari uchun
2,0
8 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega
yuk avtomobillari uchun
3,0
8 tonnadan ortiq yuk ko’tarish quvvatiga ega
yuk avtomobillari uchun
4,0
Soliq davri - bir oy.
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni
hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibi. Qat’iy belgilangan soliq
summasi soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i
nazar soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda
aniqlanadi. Soliq davri – bir oy. Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq
bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: yangi
tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to’lovchilar tomonidan - davlat
ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay;
faoliyat yuritayotgan soliq to’lovchilar tomonidan - hisobot yilining 15
yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish obyekti o’zgargan taqdirda, soliq to’lovchilar aniqlik
kiritilgan
hisob-kitobni
navbatdagi
to’lovni to’lash muddatidan
kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Qat’iy belgilangan soliqni to’lash:
- yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay;
215
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - tadbirkorlik faoliyati
amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq
to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar
bo’yicha to’lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy
belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun
belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori
stavka bo’yicha to’lanadi.
Soliq kodeksida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hamda
savdo faoliyatini amalga oshiruvchi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni
qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari belgilangan.
Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to’lash bilan
bir qatorda quyidagilarni to’laydilar: bojxona to’lovlari; yer qa’ridan
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalanilganda; aksiz solig’i - aksiz to’lanadigan mahsulot ishlab
chiqarilganda; budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta
badallari; davlat boji; avtotransport vositalarini olganlik va (yoki)
vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va
(yoki) yer uchastkasiga ega bo’lsalar, qonunchilikda nazarda tutilgan
tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki)
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash majburiyati ularning
zimmasida saqlanib qoladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini
muayyan muddatga to'xtatsa, u o'z faoliyatini to'xtatguniga qadar
tadbirkorlik
sub'ektini
ro'yxatdan o'tkazuvchi
organga faoliyatni
vaqtinchalik to'xtatish to'g'risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat
ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda
xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi
yakka tartibdagi tadbirkor soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda
berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda
topshiradi.Yakka
tartibdagi
tadbirkorning
faoliyati
vaqtincha
to’xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to’g’risidagi arizani olgan
tadbirkorlik subyektini davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi
organ kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo’yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning
faoliyati vaqtincha to’xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to’g’risida
216
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot
taqdim etadi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro’yxatidan o’tkazishni
amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati
vaqtinchalik to’xtatilganligi to’g’risida taqdim qilingan va davlat soliq
xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o’z
faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan soliqni
hisoblashni to’xtatib turish uchun asos bo’ladi.
Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka
tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliqni o'ziga xos xususiyatlarni
hisobga olgan holda, belgilangan tartibga muvofiq to'laydi. Yakka
tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun yakka
tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo'yicha
nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat'iy belgilangan soliq
to'lash majburiyati yuklatiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir
nechta turini amalga oshirgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorning har
bir xodimi uchun qat'iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun
o'rnatilgan qat'iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi
miqdorida to'lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini
tavsiflovchi fizik ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladigan faoliyat turi bilan shug'ullangan taqdirda, yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir xodimi uchun qat'iy belgilangan soliq bitta fizik
ko'rsatkich uchun oyiga o'rnatilgan qat'iy belgilangan soliq stavkasining 30
foizi miqdorida to'lanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi
uchun qat'iy belgilangan soliq qat'iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi
tadbirkor tomonidan to'lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat
shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to'lanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tish joyi bo'yicha amalga
oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tadbirkorning har bir
xodimi uchun qat'iy belgilangan soliqni o'zi ro'yxatdan o'tkazilgan joy va
faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy bo'yicha belgilangan
stavkalar o'rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi miqdorida o'zi ro'yxatdan
o'tkazilgan joyga to'laydi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish kartochkalari
yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr
uchun har bir yollangan xodimga qat'iy belgilangan soliqni hisoblashni
to'xtatib turishga asos bo'ladi. Agar o'z faoliyatini to'xtatgan yakka
217
tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organiga yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini
belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning
majburiyatlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblash to'xtatilmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-hunar
kolleji bitiruvchisi bo'lgan xodimi uchun qat'iy belgilangan soliqni
to'lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e'tiboran o'n ikki oy
mobaynida ozod etiladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor qat'iy belgilangan
soliqni to'lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa,
mazkur imtiyoz yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat'iy
belgilangan soliq to'lashga ham tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |