Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   256
Soliq  solinadigan  baza  –  Soliq  kodeksiga  muvofiq  quyidagilar 
chegirib  tashlangan  holda  hisoblab  chiqarilgan  yalpi  tushum  soliq 
solinadigan  bazadir:davlat  qimmatli  qog’ozlari  bo’yicha  daromadlar; 
to’lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan 
daromadlar;  dividendlar  tariqasida  olingan  va  qaysi  yuridik  shaxsdan 
olingan  bo’lsa,  o’sha  yuridik  shaxsning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga) 
yo’naltirilgan 
daromadlar. 
Muassislar 
(ishtirokchilar) 
tarkibidan 
chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning 
mol-mulki  imtiyoz  qo’llanilganidan  so’ng  bir  yil  ichida  uning 
ishtirokchilari  o’rtasida  taqsimlanganda  ilgari  soliq  solinadigan  bazadan 
chegirilgan  daromadlarga  to’lov  manbaida  umumiy  asoslarda  soliq 
solinadi;  hisobot  yilida  aniqlangan  o’tgan  yillardagi  daromadlar.  Mazkur 
daromadlarga  ular  qaysi  davrda  paydo  bo’lgan  bo’lsa,  o’sha  davrdagi 
qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
o’tkazilgan  hisob-kitoblar  inobatga  olingan  holda  soliq  solinishi 
kerak;ko’p  oborotli  qaytariladigan  taraning  qiymati,  agar  uning  qiymati 
tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning 
tarkibiga ilgari kiritilgan bo’lsa; mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi 
(skidka)  tariqasida  va  asosiy  vositalarni  tugatishda  ularning  ilgari  qayta 
baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga 
olingan boshqa daromadlar;  
Soliq  solinadigan  nazarda  tutilgan  chegirmalardan  tashqari 
quyidagilar uchun kamaytiriladi: lotereya o’yinlarini tashkil etish bo’yicha 
faoliyatni  amalga  oshirish  doirasida  yuridik  shaxslar  uchun  -  yutuq 
(mukofot)  fondining  summasiga,  biroq  tarqatilgan  chiptalarga  chiqqan 
yutuqlarning  (mukofotlarning)  umumiy  summasidan  ortiq  bo’lmagan 
miqdoriga;  brokerlik  tashkilotlari  uchun  -  bitim  summasidan  birjaga 
o’tkaziladigan  vositachilik  yig’imi  summasiga;  vositachilik,  topshiriq 
shartnomasi bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar 


206 
 
uchun  -  realizatsiya  qilingan  tovar  ulushida  tovarlarni  import  qilishda 
to’langan bojxona to’lovlari summasiga.  
Qonunchilikka  muvofiq  hisoblab  chiqarilgan  soliq  solinadigan  baza 
quyidagilarga  yo’naltirilgan  mablag’lar  summasiga  kamaytiriladi:  yangi 
texnologik  asbob-uskunalar  olishga,  sifatni  boshqarish  tizimlarini  joriy 
etishga, 
mahsulotlarning 
xalqaro 
standartlarga 
muvofiqligini 
sertifikatlashtirishdan  o’tkazishga,  laboratoriya  testlari  va  sinovlarini 
o’tkazish  uchun  komplekslar  olishga,  biroq  soliq  solinadigan  bazaning 
ko’pi  bilan  25  foiziga.  Soliq  solinadigan  bazani  kamaytirish  yuqorida 
ko’rsatilgan  xarajatlar  amalga  oshirilgan  soliq  davridan  boshlab, 
texnologik  asbob-uskuna  bo’yicha  esa  -  u  foydalanishga  topshirilgan 
paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshiriladi; yosh oilalar jumlasidan 
bo’lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo’yicha badallar to’lashga va (yoki) 
mulk qilib uy-joy olishga tekin yo’naltirilgan mablag’lar summasiga, lekin 
soliq solinadigan bazaning ko’pi bilan 10 foiziga.  
Soliq  stavkasi  –  har  yili  keyingi  moliya  yil  uchun  tasdiqlanadigan 
asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  prognozi  va  davlat  budjeti 
parametrlari  to’g’risidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori 
asosida belgilanadi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish