Soliq solish obyekti – avtotransport vositalarini olish va (yoki)
O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish; chet davlatlar
avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va
uning hududi orqali tranzit tarzida o’tish.
Soliq solinadigan baza – olingan va (yoki) O’zbekiston
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport
vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport
vositalarining qiymati; O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki
uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganida chet davlatlarning
avtotransport vositalari.
Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va davlat budjeti
parametrlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
asosida belgilanadi.