Toshkent davlat yuridik universiteti


Ayrim  toifadagi  jismoniy  shaxslar  uchun  sug’urta  badallarini



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   256
Ayrim  toifadagi  jismoniy  shaxslar  uchun  sug’urta  badallarini 
hisoblab  chiqarish  va  to’lashning  o’ziga  xos  xususiyatlari.  Sug'urta 
badallari  soliq  to'lovchining  kalendar`  oyda  ishlagan  kunlari  sonidan  qat'i 
nazar,  majburiy  tartibda  quyidagicha  to'lanadi:  yakka  tartibdagi 
tadbirkorlar  tomonidan  —  oyiga  eng  kam  ish  haqidan  kam  bo'lmagan 
miqdorda;  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  bilan  mehnat  munosabatlarida 
bo'lgan  jismoniy  shaxslar  tomonidan      —  oyiga  eng  kam  ish  haqining  50 
foizi  miqdorida;  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  holda  oilaviy  tadbirkorlik 
shaklidagi  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  oila  a'zolari  tomonidan:  yakka 
tartibdagi  tadbirkor  sifatida  ro'yxatdan  o'tgan  oila  a'zosi  tomonidan  — 
oyiga  eng  kam  ish  haqidan  kam  bo'lmagan  miqdorda;  oilaning  boshqa 
a'zolari  tomonidan  (o'n  sakkiz  yoshga  to'lmaganlar  bundan  mustasno)  — 
oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida. 
 Yuridik  shaxs  tashkil  etgan  va  tashkil  etmagan  holda  tuzilgan 
dehqon  xo'jaliklarining  a'zolari  sug'urta  badallarini  yiliga  eng  kam  ish 
haqining to'rt yarim baravaridan kam bo'lmagan miqdorda to'laydi. Bunda 
dehqon  xo'jaligining  boshlig'i  sug'urta  badallarini  majburiy  tartibda, 


173 
 
boshqa  a'zolari  esa,  ixtiyoriylik  asosida  to'laydi.  Belgilangan  miqdordagi 
sug'urta  badallarining  to'lanishi  dehqon  xo'jaligi  a'zosining  mehnat  stajini 
hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. 
yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo'lgan yuqorida ko'rsatilgan, 
shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo'lgan shaxslar uchun sug'urta 
badalining  miqdori  uning  belgilangan  eng  kam  miqdorining  kamida  50 
foizini  tashkil  etishi  kerak.  Mazkur  imtiyozlar  pensiya  guvohnomasi  yoki 
tibbiy-mehnat  ekspert  komissiyasining  ma'lumotnomasi  asosida  beriladi. 
Imtiyozga  bo'lgan  huquq  kalendar`  yil  davomida  vujudga  kelgan  yoki 
bekor bo'lgan taqdirda, sug'urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu 
huquq  vujudga  kelgan  yoki  bekor  bo'lgan  oydan  e'tiboran  amalga 
oshiriladi. 
Sug'urta  badallarini  to'lash  quyidagicha  amalga  oshiriladi:  yakka 
tartibdagi  tadbirkorlar,
 
yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  bilan  mehnat 
munosabatlarida  bo'lgan  jismoniy  shaxslar,  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan 
holda  oilaviy  tadbirkorlik  shaklidagi  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  oila 
a'zolari tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar 
tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-
kunidan kechiktirmay; 
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo'jaliklarining  a'zolari  tomonidan  —  hisobot  yilining  1  oktyabrigacha. 
Bunda  sug'urta  badallarining  miqdori  to'lov  kuniga  belgilangan  eng  kam 
ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yangi  ro'yxatdan  o'tgan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  va  yuridik 
shaxs  tashkil  etmagan  holda  oilaviy  tadbirkorlik  shaklidagi  faoliyatni 
amalga  oshiruvchi  oila  a'zolari  tomonidan  sug'urta  badallarini  to'lash  ular 
yakka  tartibdagi  tadbirkor  sifatida  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilgan  oydan 
keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. 
Sug'urta  badallarini  to'lash  majburiyati    yuridik  shaxs  tashkil 
etmagan  holda  oilaviy  tadbirkorlik  shaklidagi  faoliyatni  amalga 
oshirayotgan  oila  a'zolari  uchun  —  oilaviy  tadbirkorlik  sub'ekti  nomidan 
ish  yuritadigan,  yakka  tartibdagi  tadbirkor  sifatida  ro'yxatdan  o'tgan  oila 
a'zosining;  yakka  tartibdagi  tadbirkorning  xodimlari  uchun  —  ushbu 
xodimlar 
bilan 
mehnat 
shartnomasini 
tuzgan 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. 
To'lov  topshiriqnomasida  (kirim  orderida)  soliq  to'lovchining 
familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  identifikatsiya  raqami  va  to'lov 
to'lanayotgan davr albatta ko'rsatilishi shart. Bunda oila a'zolari — oilaviy 
tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar 


174 
 
bo'yicha to'lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a'zosi uchun va 
yakka  tartibdagi  tadbirkorning  har  bir  yollangan  xodimi  uchun  alohida-
alohida  yoziladi.  Agar  to'lov  topshiriqnomasida  (kirim  orderida)  davr 
ko'rsatilmagan  bo'lsa,  to'lov  u  amalga  oshirilayotgan  oy  (dehqon 
xo'jaliklari a'zolari uchun — yil) uchun to'langan deb hisoblanadi. 
Qonun  hujjatlariga  muvofiq  sug'urta  badallarini  hisoblash  va  ushlab 
qolish  majburiyati  zimmasiga  yuklatilmagan  ish  beruvchidan  daromadlar 
oluvchi  jismoniy  shaxslar  sug'urta  badallarini  jami  yillik  daromad 
to'g'risidagi  deklaratsiyada  ko'rsatilgan  mehnatga  haq  to'lash  tarzidagi 
daromadlar  summasidan  kelib  chiqqan  holda,  sug'urta  badallarini  to'lash 
haqida  jami  yillik  daromad  to'g'risidagi  deklaratsiyani  taqdim  etish  bilan 
bir  vaqtda  beriladigan  ariza  asosida  ixtiyoriy  ravishda  to'laydi.  Bunda 
mazkur shaxslar tomonidan sug'urta badallarini to'lash jami yillik daromad 
to'g'risidagi  deklaratsiya  ma'lumotlari  bo'yicha  davlat  soliq  xizmati 
organlari  tomonidan  hisoblab  chiqariladigan  jismoniy  shaxslardan 
olinadigan daromad solig'ini to'lash muddatlarida amalga oshiriladi. 
O'zbekiston 
Respublikasining 
diplomatik 
vakolatxonalari 
va 
konsullik 
muassasalari 
xodimlarining, 
shuningdek 
O'zbekiston 
Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  tomonidan  xalqaro  hukumatlararo 
tashkilotlarga  kvota  qilingan  lavozimlarga  xizmat  safariga  yuborilgan 
shaxslarning  sug'urta  badallarini  to'lash  bo'yicha  majburiyati  O'zbekiston 
Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  zimmasiga  yuklatiladi.  Sug'urta 
badallarini to'lash   har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan 
kechiktirmay  amalga oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati   vaqtinchalik to'xtatilganligi 
to'g'risida davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka 
tartibdagi  tadbirkor  o'z  faoliyatini  amalga  oshirmaydigan  davr  uchun 
sug'urta  badalini  hisoblashni  to'xtatib  turish  uchun  asos  bo'ladi.  Davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan xodim uchun 
belgilangan  tartibda  berilgan  hisobga  olish  kartochkalari  yakka  tartibdagi 
tadbirkor  o'z  faoliyatini  amalga  oshirmaydigan  davr  uchun  yakka 
tartibdagi  tadbirkorning  har  bir  xodimiga  sug'urta  badallarini  hisoblashni 
to'xtatib  turish  uchun  asos  bo'ladi.  Agar  faoliyatini  to'xtatgan  yakka 
tartibdagi  tadbirkor  yakka  tartibdagi  tadbirkorning  har  bir  xodimi  uchun 
hisobga  olish  kartochkasini  davlat  soliq  xizmati  organiga  belgilangan 
muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari 
bo'yicha sug'urta badallarini hisoblash to'xtatilmaydi. 
 
 


175 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish