Toshkent davlat yuridik universiteti


 Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (O’zbekiston



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   256
 
7.1. Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (O’zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksining 305-315-moddalari) 
 
O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  ijtimoiy  ta’minotga  muhtoj 
bo’lganda,  ya’ni  pensiya  yoshiga  etganda,  mehnat  qobiliyatini  to’liq  yoki 
qisman  yo’qotganda,  boquvchisin  yo’qotgan  hollarda  ijtimoiy  yordam 
olish  olish  huquqiga  egadirlar.  Ushbu  huquqiy  me’yorlar  O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasida  hamda  1993  yil  3  sentabrda  qabul 
kilgan  “Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minot  to’g’risida”gi  Qonunida 
belgilab berilgan.  
Pensiya  ta’minoti  tizimidagi  boshqaruv  tuzilmasini  takomillashtirish 
davlat  ijtimoiy  sug’urtasi  bo’yicha  majburiy  badallar  to’liq  yig’ilishini 
samarali  tashkil  qilish,  amaldagi  boshqaruv  tuzilmalarini  qisqartirish 
hamda  pensiyalar  va  nafaqalar  to’lashga  yo’naltiriladigan  mablag’lardan 
foydalanish  samaradorligini  oshirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining 
2000  yil  15  noyabrdagi  “O’zbekiston  Respublikasi  pensiya  ta’minotini 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  444-sonli  qarori  bilan 
budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  mablag’  to’plash  va  mablag’ 
to’liq  tushishi  ustidan  nazorat  qilish  funksiyasi  O’zbekiston  Respublikasi 
Davlat soliq qo’mitasi zimmasiga yuklatildi va budjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga  majburiy  to’lovlar  soliqlarga  tenglashtirildi.  Pensiya 
jamg’armasining  daromadlari  va  xarajatlari  har  yili  O’zbekiston 
Respublikasining  yig’ma  budjeti  tarkibiga  kiritiladigan  bo’ldi  hamda 


169 
 
Pensiya  jamg’armasiga  majburiy  ajratmalarni  hisoblab  chiqish  va  to’lash 
tartibi  buzilganligi  uchun  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarga  nisbatan 
moliyaviy  jazolar  qo’llanilishi,  shu  jumladan  to’lovlar  o’z  vaqtida 
to’lanmaganligi  uchun  penya  hisoblanishi  qonun  hujjatlarida  belgilab 
qo’yildi.  
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga mablag’lar to’plash tartib 
qoidalari  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  23  dekabrdagi  “Budjetdan 
tashqari  Pensiya  jamg’armasi  mablag’larini  shakllantirish  va  sarflash 
tartibi  to’g’risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  498-sonli  qarori  bilan 
tasdiqlangan Nizom asosida 2004 yilgacha amalga oshirilib keldi.  
Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  25  dekabrdagi  567-sonli  qarori 
bilan  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  ajratmalarni  hisoblash va 
to’lash  tartiblarini  soddalashtirish  maqsadida,  budjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg’armasiga  ajratmalar,  bandlik  fondiga  ajratmalar  va  kasaba 
uyushmalari  jamg’armasiga  ajratmalar  birgalikda  yagona  ijtimoiy  to’lov 
nomi bilan yuritiladigan bo’ldi.  
Hozirgi  kunda  mazkur  jamg’arma  faoliyati,  daromad  manbanlarini 
shakllantirish  va  Pensiyalar,  ijtimoiy  nafaqalar,  kompensatsiya  to’lovlari 
va  boshqa  to’lovlarni  moliyalashtirish  tartibi  2010  yil  19  fevralda 
tasdiqlangan  “O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi  to’g’risida”gi  Nizom  asosida 
tartibga solinadi.  
O’zbekiston 
Respublikasi 
Soliq 
kodeksiga 
asosan 
ijtimoiy 
jamg’armalarga  majburiy  to’lovlar  tarkibiga  yagona  ijtimoiy  to’lov  va 
fuqarolarning  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  sug’urta 
badallari;  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  majburiy  ajratmalar 
kiradi.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish