Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza. Transport vositalari
uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya
qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish
obyektidir.
Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya
qilingan va o’z zhtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan
bazadir.
Soliq stavkasi – har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va davlat budjeti
parametrlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
asosida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |