Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   256
Soliq  solinadigan  baza  –  foydalanilgan  suvning  hajmi  soliq 
solinadigan bazadir. 


138 
 
Soliq  solinadigan  bazani  belgilash  tartibi.  Suv  resurslarining  yer 
usti  va  yer  osti  manbalaridan  olingan  suv  hajmi  suvdan  foydalanishning 
buxgalteriya  (birlamchi)  hisobga  olish  hujjatlarida  aks  ettirilgan  suv 
o’lchagich  asboblarining  ko’rsatkichlari  asosida  aniqlanadi.  Suvdan 
o’lchagich  asboblarsiz  foydalanilgan  taqdirda,  uning  hajmi  suv 
obyektlaridan  suv  olish  limitlaridan,  suv  iste’molining  texnologik  va 
sanitariya  normalaridan,  ekinlar  hamda  dov-daraxtlarni  sug’orish 
normalaridan  yoki  ma’lumotlarning  to’g’riligini  ta’minlovchi  boshqa 
usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.  
Soliq  to’lovchilar  yer  usti  va  yer  osti  manbalaridan  olib 
foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. 
Suv  resurslarining  yer  usti  va  yer  osti  manbalaridan  suv  keladigan 
vodoprovod tarmog’idagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan 
baza  manbaning  har  bir  turi  bo’yicha  alohida-alohida  aniqlanadi.  Suv 
yetkazib  beruvchi  yuridik  shaxslar  vodoprovod  tarmog’iga  suv 
resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining 
nisbati  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  davlat  soliq  xizmati  organlariga  joriy 
soliq  davrining  15  yanvariga  qadar  taqdim  etishlari  kerak.  Davlat  soliq 
xizmati  organlari  besh  kun  ichida  ushbu  ma’lumotlarni  soliq  to’lovchilar 
e’tiboriga  yetkazishi  lozim.  Soliq  to’lovchi  issiq  suv  hamda  bug’  hosil 
qilinishi  bo’yicha  soliq  solinadigan  bazani  ishlab  chiqarish  va  texnik 
ehtiyojlar  uchun  o’zi  foydalangan  suv  resurslari  hajmidan  kelib  chiqqan 
holda aniqlaydi.  
Binolarning  bir  qismi,  alohida  joylar  ijaraga  topshirilganda  soliq 
solinadigan  baza  suv  yetkazib  beruvchi  yuridik  shaxs  bilan  shartnoma 
tuzgan  ijaraga  beruvchi  tomonidan  aniqlanadi.  Binolarning  bir  qismini, 
alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan 
shartnoma  tuzgan  yuridik  shaxslar  soliq  solinadigan  bazani  mustaqil 
ravishda aniqlaydi.  
Soliq  to’lovchilar  yuridik  shaxslar  bilan  suv  yetkazib  berilishi 
yuzasidan  solishtirib  ko’rish  jarayonida  olingan  suvning  hajmini 
aniqlashtirishda  suv  hajmi  farqini  solishtiruv  amalga  oshirilgan  davrdagi 
hisob-kitoblarda aks ettiradi.  
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni 
bajaruvchi 
soliq 
to’lovchilar 
bu 
ishlarni 
bajarish 
jarayonida 
foydalaniladigan  suv  uchun  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq 
to’lamaydi.  Ta’mirlash-qurilish  va  boshqa  ishlarni  bajarayotganda 
foydalaniladigan  suv  hajmi  uchun  bu  ishlar  qaysi  yuridik  shaxslar  uchun 
bajarilayotgan  bo’lsa,  o’sha  yuridik  shaxslar  suv  resurslaridan 


139 
 
foydalanganlik  uchun  soliq  to’laydi.  Qurilish  ishlari  yangi  qurilish 
maydonida  bajarilgan  taqdirda,  qurilishda  foydalaniladigan  suv  hajmi 
uchun  qurilish  tashkiloti  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq 
to’laydi.  
Yagona  yer  solig’i  to’lovchilari  bo’lmagan  qishloq  xo’jaligi 
korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug’oriladigan 
yerlarni  sug’orish  uchun  sarflanadigan  suvning  butun  xo’jalik  bo’yicha 
o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.  
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaliklari  uchun  soliq  solinadigan  baza  ushbu  moddaning  to’qqizinchi 
qismida  nazarda  tutilgan  tartibga  muvofiq  davlat  soliq  xizmati  organlari 
tomonidan aniqlanadi.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish