Nazorat uchun savollar 1. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’xshash va farqli
jihatlarni tahlil qiling.
2. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar elementlarining ahamiyatini
yoriting. Soliq imtiyozini boshqa elementlardan farqli jihatlarini tahlil
qiling.
3. Talaba A.Ergashev “Soliq huquqi” fanidan bo’lgan seminarda
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini
umumdavlat solig’i va ushbu soliqning summasi to’laligicha respublika
budjetiga tushishini aytib o’tdi. A. Ergashevning javobiga o’zingizni fikringizni bildiring. 4. Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Investor” yog’-
moy ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etildi. Mazkur korxona tashkil
etishi va faoliyat yuritishi uchun qanday soliq va majburiy to’lovlarni
to’lashi lozim?
Javobingizni tegishli qonunchilik hujjatlariga asoslantirgan holda bering.