Kameral nazorat – soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda
taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq
to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud
boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga
oshiriladigan nazorat.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar –
buyurtmachiga tegishli xom ashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi
ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida
qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot
keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |