Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

O‘zbekiston 
ekologik harakatini 
tuzish taklifi ma’qullandi. Hozirgi kunda atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda 
aholi salomatligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ommaviy jamoat 
birlashmasi sifatida
O‘zbekiston ekologik harakatidan 15 nafar deputat 
Ma’lumot uchun! 
Yurtimizda o’tgan yillar mobaynida ekologik ekspertiza natijalari 
bo’yicha atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ba’zi ob’yektlarning ro’yobga chiqarilishi 
rad etildi: Chimyon-Chorvoq rekreatsion hududida farmasevtika zavodi qurilishi; Chirchiq 
daryosi suvini muhofaza qilish hududida 1800 tonna ammiak selitrasi omborining qurilishi; 
Toshkent shahri va Toshkent viloyati chegarasida qum-shag’al aralashmasini qazib olish. 
O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va
tabiiy resurslardan foydalanishning 
holati to’g’risida Milliy ma’ruza, 2006-yil.


107 
saylanadi.
Mamlakatimizda jamoat ekologik ekspertizasiga oid huquqiy asoslar 
shakllantirilgan bo‘lib, uzluksiz rivojlanib bormoqda. Chunonchi, 
O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunining 4-moddasida ekologik ekspertiza o‘tkazishning majburiyligi 
belgilangan hamda Qonunda “Ekologiya ekspertizasi” deb nomlanuvchi 
VI bob ham o‘z aksini topgan. Xususan, mazkur bobning jamoatchilik 
ekologik ekspertizasiga bag‘ishlangan moddasida esa jamoatchilik 
asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga 
ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida 
mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshirilishi, 
jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya 
tamoyiliga ega bo‘lishi mustahkamlangan.
Bundan tashqari, jamoat ekologik ekspertizasi o‘tkazish bilan bog‘liq 
masalalarni nisbatan kengroq o‘zida qamrab olgan O‘zbekiston 
Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 10-
moddasida jamoat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish nodavlat 
notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan 
amalga oshirilishi, 23-moddasida esa jamoat ekologik ekspertizasi 
ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida 
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan 
amalga oshirilishi mumkinligi, jamoat ekologik ekspertizasini amalga 
oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanishini, jamoat ekologik ekspertizasi 
davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qat’i nazar amalga oshirilishi 
mumkinligini va jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya 
xususiyatiga ega bo‘lishi ta’kidlanadi.
Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik 
ekspertizasi o‘tkazish haqida”gi Nizomning birgina 13-bandida davlat 
ekologik ekspertizasini o‘tkazishda jamoat ekologik ekspertizasi 
materiallaridan foydalanish mumkinligi haqidagi qoida mustahkamlangan.
Jamoat 
ekologik 
ekspertizasi 
davlat 
ekologik 
ekspertizasi 
o‘tkazilganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi. Jamoat ekologik 
ekspertizasining xulosasi 
tavsiya
ahamiyatiga ega bo‘ladi, davlat 
hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi 
mumkin.
Davlat va jamoat ekologik ekspertizasi bir-biridan quyidagi muhim 
jihatlari bilan farqlanadi: 


108 
birinchidan, 
jamoat ekologik ekspertizasi tegishli subyektlarning 
tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi, davlat ekologik ekspertizasi 
esa majburiy ravishda o‘tkaziladi; 
ikkinchidan, 
davlat va jamoat ekologik ekspertiza xulosasining 
yuridik kuchida, ya’ni davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganda, uning 
xulosasini ijro etish majburiy bo‘lsa (“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi 
Qonunning 21-moddasi birinchi qismi), jamoat ekologik ekspertizasining 
xulosasi tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi (23-moddaning uchinchi 
qismi); 
uchinchidan, 
jamoat ekologik ekspertizasining amalga oshirilishini 
moliyalashtirilishida namoyon bo‘ladi. Qonunga muvofiq, davlat ekologik 
ekspertizasi buyurtmachining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsa (10-
moddaning birinchi qismi), jamoat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish 
nodavlat notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi (10-moddaning ikkinchi qismi). Demak, 
ko‘rib turganimizdek, jamoat ekologik ekspertizasining maqomi ham 
davlat ekologik ekspertizasidan farq qiladi; 
to‘rtinchidan, 
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi o‘zining 
maqsadi va mohiyati bo‘yicha ham bir-biridan farq qiladi. Davlat ekologik 
ekspertizasi shunday vakolatli davlat organlari tomonidan o‘tkazilib, 
bunda vakolatli davlat organlari, eng avvalo, ekspertiza o‘tkazilayotgan 
obyektning iqtisodiy yoki boshqa ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadi. Jamoat 
ekologik ekspertizasi o‘tkazishda esa jamoat birlashmalarining maqsadi 
ekspertizadan o‘tkazilayotgan obyekt joylashgan hudud tegishli mintaqa 
va unda istiqomat qiluvchi aholining umumiy manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan hamda bunda davlat ekologik ekspertizasini 
o‘tkazuvchi subyektlarga ma’lum bo‘lmagan jihatlar ham jamoat ekologik 
ekspertizasini o‘tkazish jarayonida aniqlash mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish