152
chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini izchil
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ekologik
toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini
oshirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilish, suv va
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish kabi
muhim vazifalar belgilangan.
32
Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har
xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng
muhimlaridan biri – yer boyliklarini
huquqiy muhofaza qilishdir, ya’ni
yerni
qonunlar
yordamida
buzilib
tashlanishdan,
ifloslanishdan,
zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini
muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistonda aholining
zichligi, ayniqsa, yuqoridir.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 44896, 9 ming gektarni
tashkil qilib, mamlakatimiz bo‘yicha korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolar foydalanishidagi
jami yerlar 44410, 3 ming gektarni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 4314, 0
ming gektarni yoki umumiy maydonning 9,7 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimizda qishloq
xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining soni fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda olganda 80134 ta
bo‘lib, ularga biriktirilib berilgan yerlarning umumiy maydoni 20469,1 ming gektarni, shu jumladan
qishloq xo‘jalik yer turlari maydoni esa 15611,5 ming gektarni, shundan 3715,3
ming gektari
sug‘oriladigan yerlarni tashkil qiladi
33
.
Yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan
quyidagilarni tartibga soladi: sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor
qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar
ta’siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo’yishdan,
botqoqlanishdan
muhofaza qilish; yerni xo‘jasizlarcha foydalanishdan
muhofaza qilish va h. k.
Eng avvalo, qonun sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan muhofaza etadi. Aslida bu
qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo‘jaligi, suv
xo‘jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan
kelishilgan holda amalga oshirilishi, juda zarur
hollardagina berilishi
mumkin.
32
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi № PQ–4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
33
O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, va davlat kadastri davlat qo’mitasi. “O’zbekiston
Respublikasi yer resurslarining holati to’g’risida” Milliy Hisobot. – T., 2015. – 5–9-b.
153
Qonunning yerni muhofaza qilishga qaratilgan normalari tuproqning
unumdorligini saqlashni tartibga solishga bag‘ishlangan. Yerdan
xo‘jasizlarcha
foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan
ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya
qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko‘p miqdorda ishlatish tuproq
unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: